sud.jpg

Sud tizimi vakillari sening yoshingni hisobga olishadi!

Sud tizimi vakillari bolalarga kattalardek muomala qilmasliklari lozim.

Qonunni buzganlikda ayblangan bolalarga nisbatan oʻlim jazosi, qiynoqlar, shavqatsizlik, umrbod qamoq jazosi va kattalar bilan bir joydagi qamoq jazosi qoʻllanilishi mumkin emas. Qamoq jazosi faqat noiloj chora sifatida va imkon qadar qisqa muddatga tayinlanadi. Ozodlikdan mahrum boʻlgan bolalar huquqiy yordamga va oilasi bilan aloqada boʻlish huquqiga egalar. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 37-modda) [1]

Jinoiy qonunchilikni buzgan bolalar oʻzlarining qadr-qimmati va ahamiyatga ega ekanini his qilishni ta’minlaydigan, inson huquqlariga va boshqalarning asosiy erkinliklariga hurmatni mustahkamlaydigan munosabat va muomala huquqiga egalar. Davlat bolaning oʻzini oʻnglab olishiga, jamiyatda foydali oʻrin tutishiga koʻmaklashishi kerak. Qamoq jazosi faqat oxirgi chora sifatida ishlatilishi kerak. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 40-modda) [1]

[1] https://www.un.org/ru/documents/decl_conv/conventions/childcon.shtml

Oldingi Keyingi