Baxt mahsulotlari: mavsumiy depressiyadan xalos qiluvchi 6 ta eng yaxshi mahsulot
Parhez va depressiyaning yoʻqolishi oʻrtasidagi bogʻlliqlikni aniq tasdiqlaydigan tadqiqot yoʻq boʻlsa-da, quyidagi oziq-ovqatlar kayfiyat va miya faoliyatini qoʻllab-quvvatlashi haqida kuchli dalillar mavjud.
Baliq
Bosh miya salomatligini yaxshilaydigan, omega-3 yogʻ kislotalarini va vitamin D ni oʻz ichiga olgan bu oziq-ovqatlar tana uchun juda muhimdir.
Rezavorlar
Rezavorlar mazali va vitaminlarga boy tabiiy mahsulot hisoblanadi. Ularni oziq ovqat ratsioningizga kiritish immunitetni oshiradi, ichaklarning faoliyatini va tanadagi moddalar almashinuv jarayonlarini yaxshilaydi. Shuningdek, ular yurak kasalliklarini oldini olishi va hatto miya faoliyatini yaxshilashi ham mumkin.
Yashil, qora yoki oq choy
Depressiyadan aziyat chekadigan odamlar ba’zan kayfiyatlarini koʻtarish uchun koʻp qahva ichishadi. Choyda ham kofein mavjud, ammo kamroq miqdorda. 2019-yil iyun oyida “Nutrients” jurnalida chop etilgan maqolaga koʻra, choyni iste’mol qilish depressiya xavfini 31 %ga kamaytiradi. Bu choy tarkibidagi noyob birikmalar, jumladan, yashil choyda choy saponin, L-teanin va epigallokatexin moddalari boʻlishi mumkin, ular organizmning stressga javobini kamaytiradi, deb hisoblaydi tadqiqotchilar.
Yashil bargli sabzavotlar
Gap ismaloq, karam va boshqa koʻkatlar haqida ketmoqda. Ular ham miya faoliyati uchun muhim boʻlgan B vitaminlariga boy. Darhaqiqat, 2019-yil sentabr oyida oʻtkazilgan ba’zi tadqiqotlari shuni koʻrsatadiki, ushbu vitaminlar guruhidagi umumiy yetishmovchilik ayrim insonlarda kayfiyatning buzilishi bilan bogʻliq. Shuning uchun organizmda ularning kerakli darajalarini tiklash kayfiyatni yaxshilashga yordam beradi.
Protein
2017-yil iyul oyida “Neuropsychobiology” jurnalida chop etilgan Finlyandiyada oʻtkazilgan tadqiqotda vegetarianlar orasida depressiyaga uchraganlar foizi hamma turdagi taomlarni iste’mol qiluvchilarga qaraganda toʻrt baravar yuqori boʻlgan. Tadqiqotchilarning aytishicha, bu muammo hayvonot mahsulotlari tarkibiga kirgan vitamin B bilan bogʻliqligida.
Qora shokolad
Oʻzingizni yomon his qilganingizda shirinliklarni iste’mol qilish mantiqan toʻgʻri, chunki ular serotoninning qon oqimiga vaqtincha chiqishiga sabab boʻladi. Lekin bu jarayon vaqtinchalik boʻladi va bir muncha vaqt oʻtgach, u sizni yana avvalgi holatingizga qaytaradi. Qora shokolad tarkibida shakar kamroq boʻladi va u nisbatan foydali hisoblanadi. Shokoladda kakao miqdori qancha koʻp boʻlsa, shakar miqdori shunchalik past boʻladi.
Albatta, vitaminlarga boy ovqatlanish sogʻlom boʻlishga va stress paytida tanani saqlashga yordam beradi. Ammo, agar kayfiyatingiz yaxshilanmayotganini his qilsangiz, sizni oldinlari xursand qilgan narsa hozir hursand qilmasa va siz juda ham tashvishli boʻlib qolgan boʻlsangiz, psixologga murojaat qilganingiz ma’qul.