skelet.jpg

Bulimiya nima?

Bulimiya – asab tizimining faoliyati buzilishi bilan bogʻliq boʻlib, bunda bemor avval ortiqcha taom iste’mol qiladi, soʻngra sun’iy ravishda qayt qilib me’dasini tozalaydi.

Bulimiyani qanday aniqlash mumkin?

  • semirishdan haddan tashqari qoʻrqish;
  • ba’zan juda ozgʻinlik;
  • bemor ovqatga shoshadi, ortiqcha yeb yuboradi, soʻng qayt qilishga harakat qiladi yoki ichni suradigan dori ichadi;
  • ovqatlanib boʻlgandan soʻng qayt qilish uchun xojatga chiqishni bahona qiladi;
  • yashirincha ovqatlanish;
  • doimiy ravishda turli dietalarga rioya qilish;
  • jismoniy mashqlar bilan koʻp shugʻullanish istagi;
  • asabiylik, depressiya, ogʻir holatlarda oʻz joniga qasd qilish istagi vujudga keladi;
  • doimiy tomoq ogʻrigʻi va achishishi;
  • quruq lablar, til, quruq teri, soʻlak bezlari kattalashgan (suvsizlanish belgilari);
  • surunkali ich ketishi yoki ich qotishi;
  • ayollar va qizlarda nomuntazam hayz kelishi;
  • suvsizlanish va ozuqa moddalarining yetishmasligi (ayniqsa kaliy).

Anoreksiyada bemor ovqatlanishdan butunlay voz kechsa, bulimiyada, aksincha, bemor me’yoridan ortiq ovqatlanadi, keyin esa har qanday usul bilan ovqatdan xalos boʻlishga harakat qiladi.

Yodingizda tuting! Ozgʻin emas, sogʻlom boʻlish muhimdir. Goʻzallik standartlari yildan-yilga oʻzgarib bormoqda. Bugungi kunga kelib, ozgʻinlik avvalgidek hammani maftun qilmayapti. Hozirda sogʻlom boʻlish modada. Shuning uchun agar siz ushbu muammoni oʻzingizda payqagan boʻlsangiz, ikkilanmasdan ota-onangiz yoki shifokorlardan yordam soʻrang. Bulimiyani davolash va yana sogʻlom hayotga qaytish mumkin.

Oldingi Keyingi