Bulling nima va unga qanday kurashish mumkin?
Bulling — bu bir insonning boshqa insonga oʻzini qasddan va qayta-qayta yomon his qilishga majbur qilishi, va jabrdiyda uchun oʻzini himoya qilish qiyin boʻlgan holatdir. Qoʻrqituvchilar koʻpincha “kuchliroq” boʻlib koʻrinish uchun oʻzlaridan kuchsizroq insonlarni tanlaydilar.
Bulling turlari
Ogʻzaki bulling
Birovni haqorat qilish, masxara qilish yoki uning his-tuygʻularini toptaydigan qoʻpol hazillar kiradi. Bunday gap-soʻzlar, ayniqsa, oila, millat, diniy eʼtiqod yoki tashqi koʻrinish haqida boʻlsa, juda ogʻir boʻlishi mumkin.
Jismoniy bulling
Bu turtib yuborish, urish, tepish yoki shaxsning biror narsani ataylab buzib yoki yomon qilib qoʻyish kiradi. Masalan, kiyimingizni yirtish yoki loy bilan kirlatish.
Qoʻrqitish
Zoʻravonlar baʼzan tahdid qiladilar. Masalan, “Maktabdan keyin seni kutib olamiz” degan soʻzlar ham bulling hisoblanadi.
Nomaqbul ishoralar
Qoʻrqituvchilar baʼzan imo-ishoralar orqali ham qoʻrqitishga harakat qiladilar — bu musht ko‘rsatish, nomaʼqul (uyatsiz) belgilar koʻrsatish yoki gʻazabli nigohlar boʻlishi mumkin.
Tovlamachilik
Koʻpincha tajovuzkorlar pul yoki biror narsani talab qiladilar. Baʼzan, ular bulling obyektini oʻzlari uchun oʻgʻirlik qilishga majburlaydilar.
Inkor etish (eʼtiborsizlik)
Agar inson doimiy ravishda inkor qilinsa, oʻyinlarga yoki suhbatlarga taklif qilinmasa – bu ham bulling hisoblanadi.
Boshqalarni jabrdiydaga qarshi qoʻyish
Qoʻrqituvchilar yolgʻon yoki mish-mish tarqatib, jabrdiydani nomaqbul qilmoqchi boʻladilar. Baʼzan, ular hatto boshqalarni ular bilan aloqa qilmaslikka majburlaydilar.
Haqoratli yozuvlar va tasvirlar
Bu maktab yoki koʻchada Siz haqingizdagi yoqimsiz yozuvlar, tasvirlar yoki graffiti boʻlishi mumkin.
Kiberbulling
Bunda internet va telefon vositalaridan foydalaniladi — yoqimsiz xabarlar yuboriladi, tahqirlar, haqoratli xabarlar, noxush foto va video materiallar yoki foto-shop suratlar tarqatiladi.
BULLING — BU HAR DOIM NOTOʻGʻRI!
Hech kim Sizni qoʻrqitish yoki Sizga tahdid qilishga haqli emas! Bulling holatlarida qanday choralar koʻrish haqida saytimizning boshqa maqolalarida maʼlumot topishingiz mumkin.
Bulling holatida qayerga murojaat qilish mumkin?
Ishonch telefonlari:
- Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining ishonch telefoni: 1006 yoki +998 71 202-09-09 (dushanba – juma kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha).
- «Inson» ijtimoiy xizmat markazlari, bolalar va oʻsmirlar uchun psixologik yordam xizmati: +998 71 239-59-20.
- Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi: +998 71 200-00-00.
- Respublika Bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi: +998 71 232-38-25.
- Bolalar uchun ishonch telefoni: +998 71 233-99-44.
- Zarur hollarda ichki ishlar organlariga murojaat qilish yoki 102 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilish tavsiya etiladi.
Average Rating: ☆ ☆ ☆ ☆ ☆ (0 reviews)