Bulling nima va unga qanday kurashish mumkin?

Bulling — bu bir insonning boshqasiga oʻzini qasddan va qayta-qayta yomon his qilishga majbur qilishi, va jabrdiyda uchun oʻzini himoya qilish qiyin boʻlgan holatdir. Qoʻrqituvchilar koʻpincha "kuchliroq" boʻlib koʻrinish uchun oʻzlaridan kuchsizroq insonlarni tanlaydilar.

Bulling turlari

Ogʻzaki bulling

Birovni haqorat qilish, masxara qilish yoki uning his-tuygʻularini toptaydigan qoʻpol hazillar kiradi. Bunday gap-soʻzlar, ayniqsa, oila, millat, diniy eʼtiqod yoki tashqi koʻrinish haqida boʻlsa, juda ogʻir boʻlishi mumkin.

Jismoniy bulling

Bu turtib yuborish, urish, tepish yoki shaxsning biror narsani ataylab buzib yoki yomon qilib qoʻyish kiradi. Masalan, kiyimingizni yirtish yoki loy bilan kirlatish.

Qoʻrqitish

Haqorat qiluvchilar baʼzan tahdid qiladilar. Masalan, "Maktabdan keyin seni kutib olamiz" degan soʻzlar ham bulling hisoblanadi.

Nomaqbul ishoralar

Qoʻrqituvchilar baʼzan imo-ishoralar orqali ham qoʻrqitishga harakat qiladilar — bu musht кщрсатиш, nomaʼqul (uyatsiz) belgilar koʻrsatish yoki gʻazabli nigohlar boʻlishi mumkin.

Tovlamachilik

Koʻpincha tajovuzkorlar pul yoki biror narsani talab qiladilar. Baʼzan, ular bulling obyektini oʻzlari uchun oʻgʻirlik qilishga majburlaydilar.

Inkor etish (eʼtiborsizlik)

Agar Sizni doimiy ravishda ataylab eʼtiborsiz qoldirishsa, oʻyinlarga yoki suhbatlarga qoʻshishmasa va guruhdan chiqarishga harakat qilishsa, bu ham bullingning bir shaklidir.

Boshqalarni jabrdiydaga qarshi qoʻyish

Taʼqibchilar insonni tahqirlash va uni tengdoshlari bilan muloqotdan chetlashtirish maqsadida mish-mishlar yoki yolgʻon maʼlumotlar tarqatishi mumkin.

Haqoratli yozuvlar va tasvirlar

Bu maktab yoki koʻchada siz haqingizdagi yoqimsiz yozuvlar, tasvirlar yoki graffiti boʻlishi mumkin.

Kiberbulling

Bunda internet va telefon vositalaridan foydalaniladi — yoqimsiz xabarlar yuboriladi, tahqirlar, haqoratli xabarlar, noxush foto va video materiallar yoki foto-shop suratlar tarqatiladi.

BULLING — BU HAR DOIM NOTOʻGʻRI!

Hech kim sizni qoʻrqitish yoki sizga tahdid qilishga haqli emas! Bulling holatlarida qanday choralar koʻrish haqida saytimizning boshqa maqolalarida maʼlumot topishingiz mumkin.

Bulling holatida qayerga murojaat qilish mumkin?

Oʻzbekistondagi ishonch telefonlari:

  • Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ishonch telefoni: 1006
  • «Inson» ijtimoiy xizmat markazlari: +998 71 2395920

Bolalarni ijtimoiy moslashtirish milliy markazi: +998 71 281-50-17

Oldingi Keyingi