01.Mental Health-06

Doʻstingiz bullingga duch kelganda qanday yordam berish mumkin?

Agar Siz kimnidir haqorat qilishayotganini koʻrsangiz, unutmang: bulling qiluvchi va jabrlanuvchi uchun ham bu holatni toʻxtatish oson emas. Haqorat va bulling hech qachon qabul qilib boʻlmaydigan holatdir, taʼqibchi qanchalik oʻzini oqlashga urinishidan qatʼi nazar.

Hech kim boshqalarga azob berishiga haqli emas! Hech qanday sabab bullingni oqlashga asos boʻlolmaydi!

Siz doʻstingizga bu muammoni yengib oʻtishga yordam berishingiz mumkin. Agar Siz hozir bunga aralashmasangiz, bir kuni Siz bulling qiluvchining nishoniga aylanishingiz mumkin.

Siz nima qilishingiz mumkin?

  1. Bu bulling ekanligini aniqlang.

Agar sinfdoshlaringiz yoki boshqalarning xulq-atvori doʻstingizni haqoratlayotganini payqasangiz, bu oddiy oʻyin emas – bu bulling! Doʻstingizni qoʻllab-quvvatlash uchun bulling qilayotgan tengdoshingizni ayblash oʻrniga, uning xatti-harakatlari qabul qilib boʻlmaydigan holat ekanligini tushuntiring.

  1. Kattalarga murojaat qiling.

Agar Siz muammoni oʻzingiz hal qila olmasangiz, kattalarga bu haqda xabar bering. Bu “chaqma-chaqarlik” emas, bu – oʻzingizning va boshqalarning huquqlarini himoya qilishdir. Har bir inson maktabda ham, uning tashqarisida ham xavfsizlik va hurmatga loyiq.

Oʻqituvchilar, maktab psixologi – bulling muammolarini hal qilish uchun malakaga ega insonlardir. Bulling haqida gapirish – sotqinlik emas, aksincha, jasurlik va kuchlilik belgisidir!

  1. Jabrlanuvchini qoʻllab-quvvatlang.

Agar imkoningiz boʻlsa, doʻstingizga bullingga qarshi ekaningizni va unga yordam berishni istashingizni bildiring. Hatto bir оғиз nechtagina yaxshi gaplar uning uchun katta ahamiyatga ega boʻlishi mumkin.

Bulling qurbonlari uchun eng ogʻir holat – atrofdagilar vaziyatdan xabardor boʻlsada, hech narsa qilmayotganini koʻrishdir. Bu ularni yolgʻiz va beqaror his qilishga majbur qiladi. Hech boʻlmaganda, Siz befarq emasligingizni koʻrsatish orqali yordam bera olishingiz mumkin.

  1. Agar yolgʻiz aralashishdan qoʻrqsangiz, yordam so‘rang

Atrofga nazar tashlang – ehtimol, bullingni toʻxtatishga yordam berishni istagan boshqa insonlar ham bordir. Bulling qiluvchilarga tomoshabinlar va qoʻllab-quvvatlovchilar kerak boʻladi. Agar ularning tomoshabinlar auditoriyasi yoʻq boʻlsa, bullingning ham maʼnosi qolmaydi.

Bulling hech qanday holatda oqlanishi mumkin emas!

Average Rating: (0 reviews)

Leave Your Feedback

Recent Reviews

Oldingi Keyingi