Jismoniy kuch ishlatmasdan bullingdan oʻzingizni qanday himoya qilishingiz mumkin?
Bulling vaziyatlarida jismoniy qarshilik koʻrsatish har doim ham eng yaxshi yechim emas. Buller (boshqalarga zo‘ravonlik qiladigan shaxslar shunday ataladi) o‘lja sifatida zaif, nizolashmaydigan, janjalga moyil boʻlmaganlarni tanlaydilar. Koʻpchilik bullerlar agressiya va nizolardan lazzat oladi. Ular janjal-toʻpolonlar boʻyicha koʻproq tajribaga ega boʻladi, jabrlanuvchilar esa bunday vaziyatlardan qochishga harakat qiladi. Shuning uchun jismoniy qarshilik koʻrsatish urinishlari, ayniqsa, kuchlar teng boʻlmaganda, magʻlubiyatga olib kelishi tayin.
Agar jismoniy kuch bilan javob berishga qaror qilsangiz, vaziyatning yomonlashishi ehtimoli yuqori. Hatto Siz gʻalaba qozonsangiz ham, bu vaziyatni yanada ogʻirlashtirishi mumkin.
Nima uchun bu vaziyatda jismoniy kuch ko‘rsatish ish bermaydi?
- Buller Sizni ayblashga urinishi mumkin. U janjalni boshlagan odam sifatida Sizni taʼkidlab, guvohlarni uning gaplariniqoʻllab-quvvatlashga ishontirishi mumkin.
- Qarshi agressiya xavfi oshadi. Buller doʻstlarini chaqirib, qasos olishga harakat qilishi mumkin, bu esa mojaroni yanada kuchaytirishga olib keladi. Oqibatda, zoʻravonlik maktabdan haydab yuborish, jarohatlar yoki huquqni muhofaza qilish organlarining aralashuviga olib kelishi mumkin.
Zoʻravonlik haqida xabar berish nima uchun muhim?
Agar jismoniy zoʻravonlikka duch kelsangiz, bu haqda albatta kattalarga – ota-ona, oʻqituvchi yoki maktab psixologiga ayting. Maktab bunday vaziyatlarni koʻrib chiqishi va chora koʻrishi shart. Uyda esa xavfsizligingiz uchun ota-onangiz masʼul va ular ham Sizga ziyon yetkazilgani haqida bilishlari kerak. Jiddiy zoʻravonlik hollarida vaziyat nazoratdan chiqib ketmasligi uchun ichki ishlar organlariga murojaat qilish lozim.
Muqobil strategiyalar
Chegaralarni ishonch bilan belgilashga harakat qiling, provokatsiyalarga berilmang va doʻstlar orasidan qoʻllab-quvvatlovni izlang. Bullingning oldini olish bilan shugʻullanadigan maktab guruhlariga murojaat qiling, shunda oʻzingizni yolgʻiz his etmaysiz.
Bulling holatida qayerga murojaat qilish mumkin?
Ishonch telefonlari:
- Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining ishonch telefoni: 1006 yoki +998 71 202-09-09 (dushanba – juma kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha).
- «Inson» ijtimoiy xizmat markazlari, bolalar va oʻsmirlar uchun psixologik yordam xizmati: +998 71 239-59-20.
- Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi: +998 71 200-00-00.
- Respublika Bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi: +998 71 232-38-25.
- Bolalar uchun ishonch telefoni: +998 71 233-99-44.
- Zarur hollarda ichki ishlar organlariga murojaat qilish yoki 102 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilish tavsiya etiladi.
Average Rating: ☆ ☆ ☆ ☆ ☆ (0 reviews)