01.Mental Health-01

Bullingdan qanday himoyalanish mumkin?

Agar Siz bullingga duch kelayotgan boʻlsangiz, yaʼni maktabda kimdir Sizga nisbatan nojoiz xatti-harakatlar qilayotgan boʻlsa va bu muntazam ravishda takrorlanayotgan boʻlsa, oʻzingizni emotsional charchagan his qilayotgan va bu holatni qanday toʻxtatishni bilmayotgan boʻlsangiz, quyidagi tavsiyalar Sizga yordam beradi. bu vaziatni toʻgʻrilash mumkin!

  • Vaziyat haqida ochiq va ravshan gapiring. Sizni xafa qilayotgan (yoki xafa qilayotganlar) bilan muloqotda vaziyatni oʻz nomi bilan atash muhim. Sizga ularning harakatlari yoqmayotganini bildiring, masalan: «Siz qilayotgan ishlar ahmoqlik. Siz bulling bilan shugʻullanyapsiz» deb ayting. Bunda aynan holat haqida gapirish va zinhor uning shaxsiyati haqida salbiy baholar bermaslik muhim. Yaʼni oddiy qoidaga amal qiling: shaxsni baholamang, faqat uning nojoiz xatti-harakatlari haqida ochiq gapiring.
  • Kattalardan yordam soʻrashdan qoʻrqmang. Bu uyat emas. Sizga yordam kerak. Sukut saqlash va yolgʻizlikda azoblanish yaxshi yoʻl emas! Bu holatlar haqida ota-onangizga albatta ayting. Ularda hayotiy tajriba bor, birgalikda chiqish yoʻlini topish osonroqdir. Sinf rahbaringizga yoki oʻzingiz ishongan boshqa pedagogga, maktab psixologiga murojaat qiling va Sizga qiyin boʻlayotganini, oʻzingizni yomon his qilayotganingizni va sinfdoshlaringizning xatti-harakatlarini tazyiq sifatida qabul qilayotganingizni aytib bering.
  • Sizga yordam berishi mumkin bo’lgan insonlarni izlang. Tan oling, bosimga qarshi yolgʻiz kurashish qiyin. Ehtimol, sinfdoshlaringiz orasida Sizning haqiqiy tarafdoringiz va bosim koʻrsatayotganlarning harakatlarini maʼqullamaydiganlar boʻlishi mumkin. Hamjihatlikda qoʻrquv sezilmaydi va bullingga qarshi turish osonroq!
  • Muammoni mushtlashish, janjallashish bilan hal qilmang – bu vaziyatdan chiqish yoʻli emas. Jismoniy kuch ishlatish vaziyatni ogʻirlashtirishi va yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
  • Tazyiq oʻtkazayotgan shaxsning bahonalariga ishonmang. Agar u bunga Sizni aybdor qilsa yoki faqat hazil qilayotganini aytsa ham, bu uning xatti-harakatlarini oqlamaydi. Tazyiq doimo notoʻgʻri, hech kim Sizga azob berishga haqli emas.
  • Sizni sindirishlariga yoʻl qoʻymang. Agar oʻzingizni foydasiz, zaif yoki aybdor his qilsangiz, bilingki, bu faqat jabrlovchining oʻzini kuchli his qilish uchun qilgan harakatidir. Siz hamma kabi hurmat va himoyaga loyiqsiz.
  • Qatʼiyatli boʻling. Nima sodir boʻlayotganini gapirishda va bullingni toʻxtatishni talab qilishda qatʼiy turing, vaziyat oʻzgarmasa – kattalarga gapirishda davom eting.

Bulling holatida qayerga murojaat qilish mumkin?

Ishonch telefonlari:

  • Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining ishonch telefoni: 1006 yoki +998 71 202 09 09 (dushanba – juma kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha).
  • «Inson» ijtimoiy xizmat markazlari, bolalar va oʻsmirlar uchun psixologik yordam xizmati: +998 71 2395920.
  • Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi: +998 71 200-00-00.
  • Respublika Bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi: +998 71 232-38-25.
  • Bolalar uchun ishonch telefoni: +998 71 233-99-44.
  • Zarur hollarda ichki ishlar organlariga murojaat qilish yoki 102 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilish tavsiya etiladi.

Average Rating: (0 reviews)

Leave Your Feedback

Recent Reviews

Oldingi Keyingi