Oʻzingizga ishonchli boʻlish Sizning bullingga qarshi qalqoningiz!
Oʻziga ishonch — bullingga qarshi eng kuchli himoyalardan biri. Agar oʻzingizga ishonchingiz даражаси baland boʻlsa, boshqalardan kelishi mumkin boʻlgan negativlar bilan osonroq kurashasiz. Oʻziga ishongan inson oʻz chegaralarini yaxshiroq himoya qiladi, “yoʻq” deyishni bilib, tajovuzkorlarga oʻz qadrini tushirishga yoʻl qoʻymaydi. Zoʻravonlarning asosiy maqsadi — Sizning oʻzingizga boʻlgan ishonchingizni buzish va oʻzingizdan shubhalanishga majbur qilish. Oʻziga ishongan inson hazil va haqoratli gaplarni yurakka yaqin qabul qilmaydi. Boshqalarning gaplari Sizning qadr-qimmatingizni yon berilmaslikka imkon beradi.
Bulling holati Sizni yolgʻiz va yordamsiz qolgandek his qilishingizga olib kelishi mumkin, lekin eng muhimi — toʻhtamang va doʻstlar, ota-onalar yoki oʻqituvchilardan yordam soʻrashdan qoʻrqmang .
Oʻziga ishonch bullingga qarshi qanday yordam beradi?
Oʻziga ishongan inson haqoratli gaplar va harakatlar uning qadrini belgilamasligini biladi. Zoʻravonlar Sizni tahqirlashga urinishlari mumkin, lekin bu Sizning kimligingizni aslo aks ettirmaydi. Shuni yodda saqlash muhim: koʻpincha bulling qiluvchilarning oʻzlarida oʻziga ishonchi past darajada boʻlib ularning bu xatti-harakati oʻzlarining zaifliklarini va qoʻrquvlarini yashirishga urinishdir.
Oʻzingizga ishonchli boʻlish Sizni oʻzingiz uchun kurashishdan qoʻrqmaslikka ham yordam beradi. Agar kimdir Sizga ozor bermoqchi boʻlsa, oʻz chegaralaringizni aniq belgilab, “Bu menga yoqmaydi!”, “Bunday qilmang!” deyishingiz mumkin. Bu Sizning oʻzingizni himoya qilishdan qoʻrqmasligingizni koʻrsatadi. Tajovuzkorlar oʻz xatti-harakatlarini davom ettirgan taqdirda ham, ular Sizga taʼsir qilish yoki manipulyatsiya qilish qiyinligini tushunadilar.
Qiyinchiliklarga duch kelganingizda yordam soʻrashdan qoʻrqmang. Oʻzingizga ishonchni rivojlantirishda davom eting va oʻz chegaralaringizni qatʼiyat bilan himoya qiling!
Average Rating: ☆ ☆ ☆ ☆ ☆ (0 reviews)