Depressiyadan chiqish uchun nimalardan saqlanish kerak
Depressiya holatida ayrim xatti-harakatlar ahvolingizni yanada yomonlashtirishi mumkinligini anglash muhim. Quyida Sizga aniq qilib saqlanish kerak boʻlgan narsalar keltirilgan:
- Zararli odatlarga berilmang. Depressiya koʻpincha insonni kam faoliyatli qilib qoʻyadi. Shunga qaramay, oʻrningizdan turish va biror ish qilish yomon ahvolingizni yengillashtirishi mumkin. Bu har qanday faoliyat — oddiy bir sayr yoki yengil mashqlar ham boʻlishi mumkin. Eng muhimi —faoliyatsizlikka toʻliq berilmaslik.
- Malakali mutaxassis – psixologga murojaat qilish zarurligini eʼtiborsiz qoldirmang. Agar holatingiz yomonlashayotgan boʻlsa va uni yengib oʻtish qiyin boʻlsa, bu depressiya boʻlishi mumkin va... uni yolgʻiz oʻzingiz yengishingiz qiyin boʻladi. Bunday vaziyatda psixolog yoki ogʻir hollarda psixoterapevt yoki psixonevrologga murojaat qilish zarur. Simptomlarni inkor qilish yoki davolanishdan bosh tortish holatni yanada yomonlashtirishi mumkin.
Qachon mutaxassislarga murojaat qilish kerak?
Agar Sizga depressiya nazoratingizdan chiqayotgandek tuyulsa, psixolog yoki psixoterapevt/psixonevrologga murojaat qilishdan qoʻrqmang. Baʼzan holatingizni yaxshilash uchun zarur boʻlgan qadamlarni aniqlashda malakali mutaxassis bilan suhbat qilishning oʻzi yetarli boʻlishi mumkin.
Holatni korreksiya qilish (tuzatish)
Psixoterapiya depressiyani yengishning eng samarali usullaridan biri. U orqali hislaringizni tushunish, ularni boshqarishni oʻrganish va ogʻir vaziyatlardan chiqish yoʻllarini topish mumkin. Psixoterapiya orqali oʻz fikrlaringizni tushunish va kelajakda depressiya holatlarini oldini olish koʻnikmasini shakllantirishga erishish mumkin.
Mutaxassisga murojaat qilish zarurligini tushunish muhim. Depressiyani davolashni orqaga surmang va muammoga yechim topishni kechiktirmang. Qanchalik erta oʻz sogʻligingiz haqida qaygʻursangiz, shunchalik tezroq tiklanishga erishasiz. Depressiya jiddiy holat boʻlib, uni yolgʻiz yengish qiyin boʻlishi mumkin, lekin tegishli qoʻllab-quvvatlash va toʻgʻri usullar yordamida hayotdan yana zavq olishingiz va oʻzingizni yaxshiroq his qilishingiz mumkin. Yordam soʻrashdan tortinmang — bu hayotingizda yanada yaxshi his qilishingiz uchun qoʻyilgan ilk qadamdir.