Doʻstingiz bullingga duch kelganda – qanday yordam berish mumkin?

Agar siz kimnidir xafa qilishayotganini koʻrsangiz, quyidagilarni unutmang: tahqirlovchi inson uchun ham, bulling obyekti uchun ham bu holatni toʻxtatish oson emas. Yodda tuting, tahqirlayotgan inson oʻzini oqlash uchun nimalarni aytmasin, mazax va tahqirlashni hech qachon qabul qilib boʻlmaydi va qonunga zid hisoblanadi.

Hech kim boshqalarga azob yetkazish huquqiga ega emas! Hech qanday sabab bullingni oqlay olmaydi!

Siz oʻz doʻstingizga bu holatdan chiqib ketishda yordam берishingiz mumkin. Agar siz hozir yordam bermasangiz, yodda tuting: bir kun kelib, tajovuzkor oʻz qurboni sifatida sizni tanlashi mumkin.

Nima qilish kerak?

Bu bulling ekanini aniqlang.

Agar siz sinfdoshlaringizning xati-harakatlari doʻstingizni tahqirlayotganini koʻrsangiz, bu oʻyin emas – bu bulling. Doʻstingizni qoʻllab-quvvatlash uchun, haqorat qilayotgan odamga murojaat qiling va shaxsan uning oʻzini emas, balki uning qilmishlarini qabul qilib boʻlmas holat deb aniq ayting.

Kattalarga murojaat qiling.

Agar siz vaziyatni mustaqil ravishda hal qila olmasangiz, sodir boʻlgan narsalar haqida kattalarga xabar bering. Bu “chaqmachaqarlik” emas, bu oʻz huquqingizni va boshqalarning huquqlarini himoya qilish demakdir. Har bir inson maktabda ham, uning tashqarisida ham xavfsizlikka va hurmatga loyiq. Oʻqituvchilar, maktab psixologi – bulling bilan bogʻliq muammolarni hal qilish uchun maxsus tayyorgarlik koʻrgan odamlardir. Bulling haqida gapirish – xiyonat emas, balki kuchlilik belgisidir!

Qurbonni qoʻllab-quvvatlang.

Iloji boʻlsa, doʻstingizga Siz bullingni qabul qilib boʻlmas holat deb hisoblashingizni va yordam bermoqchi ekanligingizni koʻrsating. Hatto bir nechta qoʻllab-quvvatlovchi soʻzlar ham juda katta ahamiyatga ega boʻlishi mumkin. Bulling obyekti uchun eng qiyin narsa – atrofdagi hamma nima sodir boʻlayotganini bilsa-da, lekin hech kim hech narsa qilmayotganini koʻrish va anglashdir. Bu unga oʻzini keraksizdek his qilishga majbur qiladi. Siz bu holatda unga eʼtiborsiz emasligingizni koʻrsatish orqali ham yordam berishingiz mumkin.

Agar yolgʻiz oʻzingiz aralashishdan qoʻrqsangiz, qoʻllab-quvvatlash izlang.

Atrofga nazar soling, balki kimdir yana tahqirlovchilarni toʻxtatishga yordam berishni xohlar? Bulling qiluvchilarga kuzatuvchilar va qoʻllab-quvvatlovchilar kerak boʻladi. Agar ularning tomoshabinlari yoʻqolsa, tahqirlash oʻz maʼnosini yoʻqotadi.

Bulling hech qanday holatda ham qabul qilinmaydi!

Albatta, yordam soʻrang: oʻqituvchilarga, ota-onalarga xabar bering. Yordam telefonlariga murojaat qiling.

  • Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ishonch telefoni: 1006
  • «Inson» ijtimoiy xizmat markazlari: +998 71 2395920

Bolalarni ijtimoiy moslashtirish milliy markazi: +998 71 281-50-17

Oldingi Keyingi