strax.jpg

Kechinmalar va qoʻrquvlar: sizni nimalar bezovta qiladi?

Birinchi marta kuchli his-tuygʻularni boshdan kechirganingizda, bu sizni qoʻrqitib yuborishi mumkin. Misol uchun, har qanday stressli vaziyatda kuchli tashvishlar asabiy titroq, qoʻrquv hissi, tez-tez yurak urishi, terlash va nazorat qilish qiyin boʻlgan boshqa gʻayritabiiy his-tuygʻular holatida namoyon boʻlishi mumkin. Bunday his-tuygʻularni yengish uchun, avvalo, sizni nima bezovta qilayotganini aniqlang. Balki muammo boʻlajak imtihonlar bilan bogʻliqdir, yoki doʻstlar bilan oʻzaro munosabatlar va yoki ota-onalar bilan nizolar sabablidir?

Buni aniqlash oson emas, lekin juda zarur, chunki bunday bezovtalik e’tiborning buzilishiga, uyqusizlikka va hatto boshqalardan va qarindoshlaridan uzoqlashish istagiga olib kelishi mumkin.

Agar bir necha kun davomida gʻamginlikni his qilayotgan boʻlsangiz, bu siz doimo ma’yus boʻlib yurasiz degani emas. Sizni afsuslantiradigan xatti-harakatlar qilganingizda yoki ahloqingiz yomonlashganda gʻazablanmang. Qilib qoʻygan ishingiz uchun oʻzingizni aydor his qilib yurgandan koʻra, xatolar ustida ishlab, oʻzingizni oʻzgartirishga harakat qilgan yaxshiroqdir.

Agar oʻzingizni qoʻlda ushlab turolmagan boʻlsangiz, uzr soʻrang va yashashda davom eting. Shuni yodda tutingki, dunyodagi eng aqlli insonlar ham ba’zida oʻzlari nazarda tutmagan gaplarni gapirib qoʻyishlari va hatto notoʻgʻri qarorlar qabul qilishlari mumkin. Inson tabiati shunday.

Oʻsmirlik davrida (10-18 yosh) inson oʻzini “izlaydigan” payti boʻladi. Shuning uchun balki keyinchalik pushaymon boʻlishingiz mumkin boʻlgan turli xil harakatlar qilib qoʻyishingiz mumkin. Tez-tez xatolarga yoʻl qoʻymaslik uchun oʻzingizni tushunishga harakat qilishingiz va barcha qarorlaringiz va harakatlaringizni oʻylab koʻrishingiz kerak.

Aynan balogʻatga yetishish vaqtida oʻzingizga boʻlgan ishonch tushib ketishi mumkin. Miyangiz oʻzgarar ekan, uygʻonib kelayotgan his-tuygʻular kimligingizni bilish jarayonini murakkablashtirishi, nima yaxshi ekanini va oʻzimizni qanday tutishimiz kerakligini aniqlashda adashtirishi mumkin.

Hissiyotlarni aniqlab olishni va ularni boshqarishni yana bir usuli sizni hozirda bezovta qilayotgan narsalarni yozib borish mumkin boʻlgan kundalik tutishdir. Kechinmalaringizni oʻzingiz ishongan doʻstingiz bilan, qarindoshingiz, maktab psixologi, oʻqituvchingiz bilan boʻlishishingiz mumkin.

Faqat boshida qiyin boʻladi va vaqt oʻtishi bilan siz his-tuygʻularingizni nazorat qilishni oʻrganasiz. Shuni esda tutingki, muammo haqida sizga yaqin boʻlgan insonlar bilan suhbatlashish hissiy yukni sezilarli yengillashtirishga yordam beradi.

Oldingi Keyingi