KIBERBULLING NIMA?

Kiberbulling — bu internetdagi tazyiq, va u turli shakllarda namoyon boʻlishi mumkin. Uning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun asosiy tushunchalarni koʻrib chiqaylik. Agar "bulling" real hayotda biror insonga jismoniy yoki ruhiy zarar yetkazish maqsadida amalga oshiriladigan tajovuzkor harakatlarni anglatsa, "kiberbulling" ham xuddi shunday, lekin bu internetda, yaʼni raqamli olamda sodir boʻladi. Asosiy maqsad — insonni obroʻsizlantirish va unga emotsional zarar yetkazish.

Kiberbulling — internetdagi turli tazyiq turlarini oʻz ichiga oluvchi umumiy atamadir.

  • Kibermobbing. Bu —internetda xabarlar yoki izohlar orqali hujum qilish. Masalan, yomon gaplarni yozish yoki salbiy fikrlar bildirish.
  • Trolling. Trollar qurbonni asabiylashtirib, unda kuchli his-tuygʻularni uygʻotish va nizolarga tortish maqsadida finali izohlar qoldiradilar. Bu bilan insonni qoʻpol va keskin soʻzlar aytishga majbur qilishni koʻzlaydilar, keyin esa bu soʻzlarni uning oʻziga qarshi qoʻllaydilar.
  • Doksing. Bu — qasddan zarar yetkazish maqsadida, yomon niyatli shaxslar tomonidan insonning shaxsiy maʼlumotlarini (masalan, manzil, telefon raqami yoki oilaviy maʼlumotlar) topib, oshkor qilishi holati. Bu maʼlumotlar ochiq manbalardan olinishi yoki akkauntlarni buzib kirish orqali qoʻlga kiritilishi mumkin va natijada insonga katta zarar yetkazilishi ehtimoli bor.
  • Internet-stalking. Bu — doimiy kuzatish, ijtimoiy tarmoqlarni muntazam nazorat qilish, postlar va izohlarni kuzatish kabi hujum shakli. Stalker, hatto bloklanganidan keyin ham, qurbon bilan aloqa qilishga urinadi va uning internetdagi faoliyatini kuzatishda davom etadi. Baʼzan bu holatlar real hayotda ham taʼqibga olib keladi.
  • Intim shantaj. Zoʻravon qurbonning roziligisiz uning shaxsiy materiallarini (foto, video, yozishmalar) tarqatish yoki shantaj qilish bilan tahdid qiladi. Bu koʻpincha munosabatlar buzilganidan soʻng yoki shaxsiy maʼlumotlarni buzib kirish natijasida sodir boʻladi.

Bulling holatida qayerga murojaat qilish mumkin?

Oʻzbekistondagi ishonch telefonlari:

  • Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ishonch telefoni: 1006
  • «Inson» ijtimoiy xizmat markazlari: +998 71 2395920
  • Bolalarni ijtimoiy moslashtirish milliy markazi: +998 71 281-50-17
  • Zarur hollarda ichki ishlar organlariga murojaat qilish yoki 102 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilish tavsiya etiladi.
Oldingi Keyingi