перхоть.jpg

Koʻzoynak taqishdan nega uyalish kerak emas?

Koʻrish qobiliyati pasaygan koʻplab odamlar koʻzoynak taqishdan xijolat boʻlishadi. Bunga asosan, koʻzoynak tashqi koʻrinishni buzadi degan fikr yoki atrofdagilarning masxara qilishi borasidagi bezovtalanish sabab boʻladi. Lekin, aslida, koʻzoynak bilan oʻz individualligini koʻrsatish, hattoki uni tashqi koʻrinishning ziynatiga aylantirish mumkin.

Toʻgʻri tanlangan koʻzoynak shakli va gardishi, noyob obraz yaratishga yordam beradi. Buning uchun, nafaqat ushbu vositaning qulayligiga ahamiyat berish kerak, balki uning yuz shakli, terining rangi, soch va koʻz rangiga mosligini ham hisobga olish kerak.

Psixologlarning fikricha, koʻzoynak taqqan odamlarga atrofdagilar koʻproq ishonch bildirishadi. Shuningdek, ular ancha intellektual koʻrinishadi. Shu sababli koʻp odamlar oʻzlariga chiroyli gardishli, biroq oddiy shishalik koʻzoynak buyurtma qilishadi.

Eng muhimi - koʻzoynak kundalik hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Biz buni ba’zida sezmaymiz, ammo koʻrish qobiliyati pasayganda, atrofni yaxshiroq koʻrish maqsadida koʻzlarni zoʻriqtiramiz. Natijada bosh ogʻrigʻi, charchoq va koʻrishning yanada yomonlashishi yuzaga keladi.

Koʻzoynak ushbu muammolarni hal qilish va atrofdagi dunyoni toʻliq idrok etish imkonini beradi. Bulardan oʻzimizni mahrum qilish uchun hech qanday sabab yoʻq!

Oldingi