Oʻzimga boʻlgan hurmatni qanday oshirish mumkin?
Balogʻatga yetishish davri, shubhasiz, qiyin davrdir. Buning bir necha sabablari bor, lekin ularning barchasi ham oʻtish davri bilan bogʻliq emas.
Oʻz-oʻzini hurmat qilish muammolari — oʻsmirlik davridagi (hayotda ham) eng katta muammo. Agar sizga qiyin boʻlsa, bu holatni yengish uchun yoʻl topishingiz kerak.
Agar ichki ovozingiz sizni doimo tanqid qilsa, vaziyatni oʻzgartirishga yordam beradigan biror narsa qiling. Agar bunga ahamiyat bermasangiz, bu yakkalik va jamiyatdan ajralib chiqishga olib kelishi mumkin. Hatto oʻqishni tashlab qoʻyish va doʻstlar bilan uchrashuvlarni tark etishga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, bu holat ovqatlanishning buzilishi va oʻz-oʻziga zarar yetkazishgacha sabab boʻlishi mumkin.
Nima uchun inson oʻz-oʻziga past baho beradi? Birinchidan, oʻziga juda yuqori talablar qoʻygani tufayli. Albatta, yuqori intilishlar, masalan, mamlakatni boshqarish yoki texnik daho boʻlish istagi borligi juda yaxshi, lekin real hayotda bu maqsadlarga erishish uzoq muddatli boʻlsa, siz stressni boshdan kechirasiz. Chuqur nafas oling va xotirjam boʻling. Hozir qaysi ishni qanchalik uddalayotgan boʻlsangiz — shunchalik yaxshisiz.
Agar tushkin kayfiyatda boʻlsangiz, oʻzingiz ishonadigan kishi bilan gaplashing. Misol uchun, katta opangiz, akangiz, onangiz, otangiz, xolangiz, amakingiz, oilaviy doʻstingiz yoki maktab psixologi bilan. Vaqt oʻtishi bilan, muammolaringiz haqida gapirar ekansiz, oʻzingizga boʻlgan ishonchni oshirib borasiz va asta-sekin bu muammolar unchalik ham muhim emasligini tushunasiz. Bilasizmi? Jismoniy mashqlar endorfinlar darajasini oshiradi va kayfiyatni koʻtaradi. Shuning uchun ularni boshlashning hozir ayni vaqti!