Omma oldida nutq soʻzlash qoʻrquvini qanday yengish mumkin?
Agar bir guruh odamlar oldida turib, nutq soʻzlash fikri sizni qoʻrqitsa — siz yolgʻiz emassiz. Millionlab odamlar bu muammodan azob chekishadi. Darhaqiqat, koʻpchilik omma oldida chiqish qilishdan koʻra kasal boʻlishni afzal koʻradi. Sportchilar, musiqachilar, aktyorlar va jamoat arboblari koʻpincha oʻzlarining chiqishlari haqida koʻp tashvishlanadilar.
Xavotirni toʻliq yengib oʻtishning iloji boʻlmasa-da, his-tuygʻularingizni nazorat qilish va tashvishlarni kamaytirish uchun koʻplab usullar mavjud.
Quyida qoʻrquvlaringizni yengishga va sahnada porlashga yordam beradigan 10 ta maslahat keltirilgan:
- Chiqish qilishga tayyor turing: mashq, mashq va yana mashq qiling.
- Chiqish qiladigan kun oʻzingizni kofein va shakar iste’mol qilishdan cheklang. Murakkab uglevodlarni oʻz ichiga olgan kam yogʻli taomlar — dukkaklilar, yasmiq shoʻrva yoki yogurt — yaxshi tanlovdir.
- E’tiboringizni boshqa narsaga qarating. Koʻzingizni yuming va tomoshabinlar kulib turgani va qarsak chalayotganini tasavvur qiling.
- Sodir boʻlishi mumkin boʻlgan salbiy hodisalar haqida oʻylamang. Buning oʻrniga ijobiy tomonga e’tibor bering. Muvaffaqiyatingizni tasavvur qiling.
- Oʻzingizgd a shubha tugʻdiradigan fikrlardan saqlaning. Masalan: “Agar soʻzlarni unutib qoʻysam-chi, qiyin savolga javob bera olmasam-chi?”
- Toʻgʻri nafas oling, tinchlaning va dam olishga yordam beradigan boshqa strategiyalardan foydalaning.
- Yuring, yurish fikrlarni jamlashga yordam beradi.
- Tomoshabinlaringiz bilan muloqot qiling — tabassum qiling, koʻz bilan aloqa qiling va ularni doʻst deb hisoblang.
- Tabiiy boʻling va oʻz-oʻzingizcha boʻling.
- Eng yomon tugaydigan voqealar rivojini tasavvur qiling.
Ushbu maslahatlar nafaqat ommaviy nutqqa tayyorgarlik koʻrish uchun, balki boshqa har qanday stressli vaziyatlarda ham foydalidir. Agar hayajon va tashvishga dosh berolmasangiz, eng yomon ssenariyni tasavvur qiling. Muayyan vaziyatni tasavvur qilganingizdan soʻng, siz hamma narsa koʻringandek qoʻrqinchli emasligini va har qanday vaziyatdan chiqish yoʻlini topishingiz mumkinligini tushunasiz. Qaysi vaziyatlar sizni asabiylashtirishi va ular bilan qanday kurashish mumkinligi haqida oʻylab koʻring — hatto eng qiyin vaziyatda ham harakat rejasi borligini his qilish sizga ishonch bagʻishlaydi.