Oʻqish davridagi ruhiy zoʻriqishning oldini olish
Maktabdagi ta'lim, darsdan keyin turli qoʻshimcha toʻgarak va sport toʻgaraklariga qatnashish, uyga kelgach dars tayyorlash bolalarda charchoq va ruhiy zoʻriqishni keltirib chiqarishi mumkin. Buni bartaraf etishdan albatta kun tartibini toʻgʻri tashkil etish muhim hisoblanadi.
Kundalik turmushimizda turli xil vaziyatlar yuz berishi mumkin. Baʻzan asabiylik, charchoq va ortiqcha diqqat kishini holdan toydirishi mumkin. Buning surunkali davom etishi esa turli kasalliklarga va stressga olib keladi.
Shifokorlarning aytishicha, charchoq, sustkashlik va yaxshi oʻqimaslik tanada temir moddasining tanqisligi bilan bogʻliq. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, temir moddasi yetarli va jismoniy holati yaxshi boʻlgan talabalar oʻqishda ham darslarni muvaffaqiyatli oʻzlashtiradilar.
Davomiy ruhiy zoʻriqish inson salomatligiga salbiy ta’sir koʻrsatadi va turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Buning oldini olish uchun:
- kun tartibiga rioya eting;
- uyga vazifalarni juda kech tayyorlamang;
- darslarni tayyorlashda oddiydan murakkabga qarab tayyorlashni rejalashtiring;
- uyqu me’yorida boʻlishi lozim;
- toʻgʻri ovqatlaning: eng soʻnggi ovqat yotishdan ikki soat oldin boʻlsin;
- vazifalarni bajarishni dam olish bilan uygʻunlikda olib boring;
Har doim koʻtarinki kayfiyatda boʻlish stress holatlarining kelib chiqishiga yoʻl qoʻymaydi hamda koʻtarinki kayfiyat kasalliklarni sizga yaqin yoʻlatmaydi.