puzzle.jpg

Oʻsmirlik davridagi psixologik oʻzgarishlarni bilasizmi?

Oʻsmirlik qachon boshlanadi?

Oʻsmirlik davri 10 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga olib, koʻpchilik oʻquvchilarda oʻsmirlik yoshiga oʻtish asosan 5-sinfdan boshlanadi. Oʻsmirlik – endilikda bola boʻlmagan ammo hali balogʻatga ham yetmagan insonning hayotiy davrlaridan biri.

Bu davrda oʻsmirlarda qanday oʻzgarishlar yuz beradi?

Bu yoshda oʻsmirlarda fiziologik hamda psixologik oʻzgarishlar sodir boʻladi. Fiziologik oʻzgarish jinsiy yetilishning boshlanishi, tanadagi barcha a’zolarning mukammal rivojlanishi va oʻsishi, xujayra hamda organizm tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashidir.

Psixologik oʻzgarishlar davrida– oʻsmirlar oʻzlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular oʻzlarining layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini ma’lum darajada oʻrtoqlari va oʻqituvchilarga koʻrsatishga intiladilar.

Oʻsmirlik davri «oʻtish davri», «krizis davr», «qiyin davr» kabi nomlarni olgan psixologik jarayonlar bilan kechadi.

Oʻsmirlikda koʻpincha oʻzboshimchalik, oʻjarlik, tajanglik, urushqoqlik va maksimalizm kabi xususiyatlar paydo boʻladi.

Bu davrda bolaning ijtimoiy mavqei oʻzgaradi, yaqinlari, doʻstlari, tengdoshlari bilan yangi munosabatlar yuzaga keladi. Oʻsmirlar muloqotining asosiy vazifasi doʻstlikning asosiy me’yorlarini aniqlash va oʻzlashtirishdir.

Bu davrda imkon qadar hayotning eng goʻzal tomonlariga diqqatingizni jamlang, oʻz kelajagingiz va orzularingizga erishish uchun intiling, shunda sizda “oʻtish davri” ijobiy hissiyotlar bilan toʻla boʻladi.

Oldingi Keyingi