01.Mental Health-03

Qachon psixologga murojaat qilish kerak

Agar oʻzingizda emotsiyalaringiz yoki xulq-atvoringizda keskin oʻzgarishlarni payqasangiz va qiyinchiliklarni yengib oʻtishning odatiy usullari endi samara bermayotganini sezsangiz, bu yordamga muhtoj ekanligingizdan darak boʻlishi mumkin. Quyida eʼtibor qaratish lozim boʻlgan bir nechta belgilar keltirilgan:

  • Uyqu bilan bogʻliq muammolar: tungi uygʻonishlar yoki uyquga ketishda qiyinchiliklar.
  • Yolgʻizlikni afzal koʻrish, doʻstlar va yaqinlar bilan muloqotdan qochish.
  • Uyda oilangiz aʼzolari va yaqinlaringiz bilan tez-tez nizolarni paydo boʻlishi yoki, aksincha, suhbatlar va majburiyatlardan qochishingiz.
  • Oʻzingizga gʻamxoʻrlik qilish istagining yoʻqolishi: gigiyenaga amal qilmaslik, betartib koʻrinish.
  • Tartibni saqlash istagining yoʻqligi: xonangizni tozalash yoki uy ishlarini bajarishda qiynalish yoki istamaslik.
  • Kuchli emotsiyalar: doimiy xavotir yoki qoʻrquv, apatiya, ruhiy tushkunlik yoki qaygʻu hissi, nazoratsiz achchiqlanish yoki toʻsatdan tajovuzkorlik namoyon qilish, ijobiy his-tuygʻularning yoʻqligi, doimiy gʻamgin fikrlar.
  • Oʻz kuchingizga ishonchsizlik yoki yordamga muhtojlik hissi.
  • Organizmdagi oʻzgarishlar: bosh ogʻrigʻi, yurak urishining tezlashishi, oshqozon ogʻrigʻi.

Agar bir hafta yoki undan ortiq vaqt davomida bu holatlardan mustaqil ravishda chiqib keta olmayotganingizni sezsangiz, psixologga murojaat qilishingiz kerak. Bu haqda ota-onangiz, oʻqituvchingiz yoki maktab psixologi bilan maslahatlashishingiz mumkin. Shuningdek, quyidagi telefon raqamlari orqali yordam olishingiz mumkin:

  • Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining ishonch telefoni: 1006 yoki +998 71 202-09-09 (dushanba – juma kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha).
  • «Inson» ijtimoiy xizmat markazlari, bolalar va oʻsmirlar uchun psixologik yordam xizmati: +998 71 239-59-20.
  • Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi: +998 71 200-00-00.
  • Respublika Bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi: +998 71 232-38-25.
  • Bolalar uchun ishonch telefoni: +998 71 233-99-44.
  • Zarur hollarda ichki ishlar organlariga murojaat qilish yoki 102 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilish tavsiya etiladi.

Average Rating: (0 reviews)

Leave Your Feedback

Recent Reviews

Oldingi Keyingi