Psixologik konsultatsiya nima?

Oʻsmirlik davrida oʻzini anglash va hayotiy yoʻlni tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Psixologga murojaat qilishning eng koʻp uchraydigan sabablaridan biri – oʻzini tushunish, qiziqishlari va imkoniyatlari haqida koʻproq bilish, shuningdek, kasb tanlashdir. Bu – ulgʻayishning oddiy bosqichi va agar shubhalar yoki qiyinchiliklar paydo boʻlsa, mutaxassisga murojaat qilish – oʻz maqsadlarini tushunishga qaratilgan ajoyib qadamdir.

Ota-onangiz yordamida tegishli psixologni topishingiz mumkin, shuningdek, mustaqil ravishda ham ishonch telefoni orqali mutaxassislarga murojaat qilishingiz mumkin (aloqa maʼlumotlari maqola oxirida keltirilgan).

Psixologik konsultatsiya – bu professional tarzda tashkil etilgan suhbat boʻlib, unda siz oʻz qaygʻu-tashvishlaringiz bilan boʻlishishingiz, qoʻllab-quvvatlash olishingiz va qiyin masalalarni hal qilishning yangi yoʻllarini topishingiz mumkin. Психолог сизга вазиятингизга бошқа томондан қарашга ёрдам беради, бунинг учун сизнинг кучли томонларингиз ва фазилатларингизга таянади. Бу эса муаммони ҳал қилишнинг эҳтимолий йўллари ҳақида ўйлаб кўришингизга туртки бўлади.

Agar shaxsan uchrashish imkoniyati boʻlmasa, konsultatsiyani masofaviy tarzda – telefon orqali yoki internet orqali oʻtkazish mumkin. Muhimi, konsultatsiyalar anonim boʻlishi mumkin va siz mutaxassisga qaysi maʼlumotlarni aytishni oʻzingiz hal qilasiz.

Konsultatsiya qanday oʻtadi?

Konsultatsiya odatda quyidagi bosqichlarda oʻtadi:

  1. Tanishish. Psixolog sizni tinglaydi va sizni tashvishlantirayotgan va xavotirga solayotgan narsalarni bilib oladi. Bu sizdagi emotsiyalar, fikrlar yoki muhokama qilishni istagan har qanday oʻzgarishlar boʻlishi mumkin.
  2. Vaziyatni muhokama qilish. Psixolog bilan birgalikda qiyinchiliklar paydo boʻlishining sabablarini tahlil qilasiz. Bu bosqichda siz emotsional qoʻllab-quvvatlash olishingiz va muammoni qanday yechish boʻyicha yangi gʻoyalarga ega boʻlishingiz mumkin.
  3. Reja tuzish. Psixolog sizga vaziyatingizni yaxshilash uchun amaliy qadamlarni ishlab chiqishda yordam beradi. Bu emotsional qiyinchiliklardan qanday xalos boʻlish haqidagi amaliy tavsiyalar yoki maslahatlar boʻlishi mumkin.
  4. Yakuniy bosqich. Sessiyaning oxirida psixolog sizga taklif qilingan harakatlarni yana bir bor koʻrib chiqishingizga va ularni qanday amalga oshirish boʻyicha tushunchaga ega boʻlishingizga yordam beradi.

Konsultatsiyada nimalar haqida gapirish mumkin?

Psixolog sizning his-tuygʻularingiz, fikrlaringiz va rejalaringiz haqida savollar berishi mumkin. U sizga berilgan javoblarni baholamaydi, chunki barcha his-tuygʻular muhim va ahamiyatga ega. Bu joyda oʻzingizni tashvishga solayotgan barcha narsalarni notoʻgʻri tushunishlaridan qoʻrqmay, ochiqchasiga gapirishingiz mumkin,

Shuni yodda tutingki, konsultatsiya davomida sizga qiziq boʻlgan har qanday savollarni berishingiz mumkin, hattoki ular sizga gʻalati yoki noqulay tuyulgan taqdirda ham. Agar bu siz uchun muhim boʻlsa, psixolog uchun ham bu ahamiyatlidir.

Qayerga murojaat qilish mumkin?

  • Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ishonch telefoni: 1006
  • «Inson» ijtimoiy xizmat markazlari: +998 71 2395920

Bolalarni ijtimoiy moslashtirish milliy markazi: +998 71 281-50-17

Oldingi Keyingi