Qachon psixologga murojaat qilish kerak

Agar oʻzingizda emotsiyalaringiz yoki xulq-atvoringizda keskin oʻzgarishlarni payqasangiz va qiyinchiliklarni yengib oʻtishning odatiy usullari endi samara bermayotganini sezsangiz, bu yordamga muhtoj ekanligingizdan darak boʻlishi mumkin. Quyida eʼtibor qaratish lozim boʻlgan bir nechta belgilar keltirilgan:

  • Uyqu bilan bogʻliq muammolar: tungi uygʻonishlar yoki uyquga ketishda qiyinchiliklar.
  • Yolgʻizlikni afzal koʻrish, doʻstlar va yaqinlar bilan muloqotdan qochish.
  • Uyda oilangiz aʼzolari va yaqinlaringiz bilan nizolar tez-tez paydo boʻladi yoki, aksincha, suhbatlardan va majburiyatlardan qochasiz.
  • Oʻzingizga gʻamxoʻrlik qilish istagining yoʻqolishi: gigiyenaga amal qilmaslik, betartib koʻrinish.
  • Tartibni saqlash istagining yoʻqligi: xonangizni tozalash yoki uy ishlarini bajarishda qiynalish yoki istamaslik.
  • Kuchli emotsiyalar: doimiy xavotir yoki qoʻrquv, apatiya, ruhiy tushkunlik yoki qaygʻu hissi, nazoratsiz achchiqlanish yoki toʻsatdan tajovuzkorlik namoyon qilish, ijobiy his-tuygʻularning yoʻqligi, doimiy gʻamgin fikrlar.
  • Oʻz kuchingizga ishonchsizlik yoki yordamga muhtojlik hissi.
  • Organizmdagi oʻzgarishlar: bosh ogʻrigʻi, yurak urishining tezlashishi, oshqozon ogʻrigʻi.

Agar bir hafta yoki undan ortiq vaqt davomida bu holatlardan mustaqil ravishda chiqib keta olmayotganingizni sezsangiz, psixologga murojaat qilishingiz kerak. Bu haqda ota-onangiz, oʻqituvchingiz yoki maktab psixologi bilan maslahatlashishingiz mumkin. Shuningdek, quyidagi telefon raqamlari orqali yordam olishingiz mumkin:

  • Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ishonch telefoni: 1006
  • «Inson» ijtimoiy xizmat markazlari: +998 71 2395920

Bolalarni ijtimoiy moslashtirish milliy markazi: +998 71 281-50-17

Oldingi Keyingi