baxt.jpg

Baxtli boʻlishni oʻrganamiz

Baxtga qarshi, biz oʻzimizni har doim ham yaxshi va baxtli his qilmaymiz. Ba’zan tushkunlikka tushib, kayfiyatimizni qanday yaxshilashni bilmay qolamiz. Umid qilamizki, quyidagi maslahatlarimiz sizni yomon kayfiyatdan “chiqish” ingizga yordam beradi.

  1. Boshqalarga yordam berishning usullarini toping

Oʻzingizdan kattaroq ishlarga xizmat qiling. Yordamingiz doim ham juda qiyin va global narsa boʻlishi shart emas. Boshqalar uchun foydali ishni qilar ekansiz, siz odamlarga kerakligingizni his qilasiz. Koʻpincha bu tuygʻu hatto eng qiyin vaziyatlarda ham insonlarga yashashda davom etishda yordam beradi.

Sizga qoniqish hissini bera oladigan va hozirgi damda erisha oladigan maqsadlar sari intiling

Koʻpchilik insonlar maqsadlar haqida gapirganda oʻzlarini aybdor his qiladilar, chunki ular oldilariga erishib boʻlmaydigan maqsadlarni qoʻyadilar.

Maqsadga erishish mumkin, agarda:

  • u haqiqiy boʻlsa (ya’ni ma’lum muddat davomida unga erisha olishingiz mumkin boʻlsa);
  • siz uchun mos boʻlsa (boshqalar uchun emas);
  • oʻlchanadigan boʻlsa (ya’ni bajarilgan yoki bajarilmaganini bilsangiz, masalan bir oy davomida 4 kilogramga ozish).

Agar maqsadingiz yoʻlida biror narsa notoʻgʻri ketsa, oʻzingizga savol bering: “Men bu vaziyatdan nimani oʻrganishim mumkin?’’ Shuningdek, muvaffaqiyatingizni boshqalar bilan solishtirganda ehtiyot boʻling. Biz odatda oʻzimizning eng katta zaifligimizni boshqa odamning eng katta kuchi bilan solishtiramiz. Bu adolatdan emas. Erishgan natijangiz sizga unchalik katta emasdek tuyulsa ham, oʻzingizni maqtashni unutmang.

Qiziqarli tadbirlarni rejalashtiring

Kayfiyatingiz yahshilanishini kutib oʻtirmang. Misol uchun, oʻzingizga 30 daqiqalik “ta’til’’ oling va bu vaqtni siz uchun sevimli boʻlgan mashgʻulotingizga sarflang. Hayot qisqa va qimmatli vaqtni oʻzimiz uchun yoqimli boʻlgan narsalarga sarflash kerak. Faqatgina ushbu qadamlarni toʻgʻri munosabat bilan bajarishni unutmang. Shuningdek, bugun sodir boʻlgan yaxshi narsalarni eslab, ular uchun minnatdorchilik bildirishni unutmang. Buni koʻproq yodda tutish uchun minnatdorchilik kundaligini tutib, u yerga barcha yaxshi nnarsalarni yozishingiz mumkin, natijada siz kun davomida oʻzingizda kotarinki kayfiyatni saqlab qolasiz.

Mashq qiling va toʻgʻri ovqatlaning

Haftada besh marta oʻrtacha jismoniy mashqlar qiling (har kuni 30 daqiqadan). Bu sizning kayfiyatingizni sezilarli darajada yaxshilashi mumkin. Shuningdek, ovqatingiz va ichimliklar kayfiyatingizga qanday ta’sir qilishiga e’tibor bering.

Sizni ilhomlantiradigan odamlarga e’tibor qarating

Sizni ilhomlantiradigan insonlar bilan tez-tez muloqot qiling (sizni kamsitadigan odamlar bilan emas).

Muntazam uyqu rejimiga rioya qilishga harakat qiling

Muvozanatni saqlang, juda kam yoki koʻp uxlamang. Oʻsmir yoshidagi insonlarga kechasi oʻrtacha 8 soatlik uyqu kerak boʻladi

Oldingi Keyingi