Qanday qilib oʻz-oʻzingizga ishonchliroq boʻlish mumkin? (2-qism)

  1. Xatolardan saboq olish. Xatolar — bu yoʻlning oxiri emas, balki yaxshiroq boʻlish imkoniyatidir. Masalan, agar imtihonda xato qilgan boʻlsangiz, nimalar notoʻgʻri ketganini tahlil qiling va kelasi safar yaxshiroq tayyorgarlik koʻrish uchun ushbu tajribadan foydalaning.
  2. Sabr-toqat. Hatto hamma narsa Sizga qarshi boʻlayotgandek tuyulsa ham – taslim boʻlmang. Masalan, sinfdoshlar Sizning qiziqishlaringiz ustidan kulmoqchi boʻlsalar ham, sevimli mashgʻulotlaringiz bilan shugʻullanishda davom eting. Bu Sizning qaroringizni boshqalarning gaplari buzolmasligini koʻrsatadi.
  3. Tashabbuskorlik. Tashabbuskor boʻling. Bu loyihalarda qatnashish, maktab tadbirlarini olib borish yoki guruhdagi masalalarni hal qilishni oʻz zimmangizga olish boʻlishi mumkin. Qanchalik koʻp masʼuliyat olsangiz, oʻzingizga boʻlgan ishonch shunchalik ortadi. (Tashabbuskorlik — bu biror ishni boshlash yoki yangi gʻoyalarni taklif qilish uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olish istagidir. Tashabbuskor inson oʻz oldiga maqsad qoʻyadi va unga erishish uchun faol harakat qiladi, boshqalarni ham ilhomlantiradi.)

Yordam soʻrashning ahamiyatini yodda tuting

Shaxsiy sifatlarni rivojlantirish qanchalik muhim boʻlmasin, jiddiy muammolar yuzaga kelganda yordam soʻrash kerakligini yodda saqlash zarur. Agar tahdidlar yoki agressiyaga duch kelsangiz, bu Sizning aybingiz emas va Siz himoyaga haqlisiz. Ota-onangizga, oʻqituvchilarga murojaat qiling yoki ishonch telefonlariga qoʻngʻiroq qiling.

Bulling holatida qayerga murojaat qilish mumkin?

Oʻzbekistondagi ishonch telefonlari:

  • Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ishonch telefoni: 1006
  • «Inson» ijtimoiy xizmat markazlari: +998 71 2395920
  • Bolalarni ijtimoiy moslashtirish milliy markazi: +998 71 281-50-17

Zarur hollarda ichki ishlar organlariga murojaat qilish yoki 102 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilish tavsiya etiladi.

Oldingi Keyingi