stress.jpg

Stress bilan kurashishning eng samarali usullari

Stress — organizmning tashqi ta’sirlarga tabiiy javobidir. Yuqori darajadagi stress tashvish, depressiya, charchoqqa va ko‘plab kasalliklarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun stress darajasini kamaytirishga yordam beradigan mashg‘ulotlarni odat qilish muhimdir.

  • Har doim ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lishga harakat qiling. Ijobiy kayfiyat turli xil kasalliklarga chalinishning oldini oladi.
  • Jismoniy mashqlar ham stressni kamaytirishga yordam beradi.
  • Qiyinchilik yoki ko‘ngilsizlik sodir bo‘lganida ularing sababini aniqlang, shunga qarab reja tuzing. Shundagina uni hal qilish chorasi topiladi.
  • Kutishni o‘rganing.
  • Yaxshi musiqa inson ruhiga eng yaxshi malham bo‘la oladi. Sho‘x-shodon, ko‘ngilga yaqin taronalarni tinglashga harakat qiling.
  • Qo‘rqish, rashk qilish, xafa bo‘lish, g‘azablanish kabi holatlarda yoki biror alamli hodisa yuz berganida yaqinlaringizdan maslahat va yordam so‘rang.
Oldingi Keyingi