Stress va vazn oʻzgarishi orasida qanday bogʻliqlik bor?
Stress salomatlikka salbiy ta’sir koʻrsatadi. Kuchli kechinmalar ortiqcha vazn yoki vazn yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.
Stress holatida aksariyat odamlar ortiqcha ovqatlanishga moyil, ba’zilar esa aksincha, ishtahalarini yoʻqotadilar. Bundan tashqari, vazn oʻzgarishi stressning davomiyligi va organizmning oʻziga xos xususiyatlariga bogʻliq.
Biz qisqa muddatli stressni boshdan kechirganimizda (ish, oʻqish va h.k. tufayli), bandligimiz tufayli tushlik yoki kechki ovqatni oʻtkazib yuborishimiz yoki uyquga juda kech yotishimiz mumkin. Bunday holatda, organizm stress gormoni – adrenalinni ishlab chiqaradi va u metabolizmni qisqa muddatga tezlashtiradi. Chuqur stress kuchi, hech narsa haqida oʻylamaslikka olib kelishi mumkin. Bu oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojimizga ta’sir qiladi. Stressni his qilarkanmiz, ochligimizni sezmasligimiz yoki ovqatlanishni unutishimiz mumkin. Natijada vazn yoʻqotish holati kuzatiladi.
Ammo, stress holati uzoq vaqt davom etsa, gormonlar ishlash jarayonida nosozliklar kelib chiqishi mumkin. Tana, ekstrim haddan tashqari choʻzilib ketganini tushunib, unga qarshi kurashish uchun “ogʻir artilleriya” ni ishga solishga qaror qiladi, bu yerda asosiy vosita sifatida stress gormoni – kortizol ishga kirishadi. Kortizolning eng yoqimsiz salbiy tomonidan biri bu: ishtahaning oshishi va modda almashinuvining sekinlashuviga olib kelishi. Shunday qilib, biz uzoq vaqt davomidagi asossiz stress tufayli sekin-asta ortiqcha vazn toʻplay boshlaymiz.
Shuning uchun kundalik hayotda stressni kamaytirish juda muhim, chunki u qoʻshimcha kilogramm yigʻishga yoki birdan vazn yoʻqotishlarga olib kelishi mumkin, bu esa har qanday holatda sogʻliqqa salbiy ta’sir qiladi.