Men nima uchun terlayman?
Juda koʻp terlash faqatgina issiq fasllarda emas, boshqa paytlarda ham katta muammo tugʻdiradi. Aslida bu holatga juda koʻp omillar ta’sir qiladi, ulardan eng koʻp tarqalganlari quyidagilar:
- stress;
- oʻsmirlik yoshida gormonal fon darajasining oʻzgarishi;
- ortiqcha vazn (semirish);
- antibiotiklarni uzoq vaqt davomida qabul qilish. Bunda ichak tizimining faoliyati buziladi, va terlash kuchayadi;
- qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi (hatto sovuq ob-havo boʻlganda ham koʻp terlash).
Haddan tashqari terlash boshqa kasalliklar bilan bogʻliq boʻlmagan hollarda, uni oldini olish uchun quyidagi maslahatlar yordam beradi:
- Ertalab kontrast (issiq va sovuq suvli) dush juda yaxshi yordam beradi. U qon tomirlarini tetiklashtirib, organizmni uygʻotishga yordam beradi.
- Qoʻltiq osti sohasidagi terini tuksiz, silliq qoldirish ham juda muhim – u yerda sochlar terni ushlab qoladi va yoqimsiz hid kuchayishiga olib keladi.
- Toza tana terisiga dezodorant yoki antiperspirant sepish yaxshi samara beradi. Dezodorant bakteriyalar koʻpayishini toʻxtatadi va ter hidini yoʻqotadi, lekin u terlashni kamaytirmaydi. Antiperspirant esa aynan ter chiqishiga qarshi kurashadi.
- Ovqat ham terlash darajasiga kuchli ta’sir qiladi. Achchiq va oʻtkir ta’mli, shoʻr va ziravorli ovqatlarni iste’mol qilmang. Aytgandek, qahva ham terlashni kuchaytiradi.
- Kiyim ham shu masalada ancha katta ahamiyatga ega. Havo oʻtkazadigan tabiiy matolardan tikilgan kiyim kiyishga harakat qiling. Sintetik matolardan tikilgan kiyim yanada koʻproq ter hosil boʻlishiga sabab boʻladi va terning oʻtkir hidini uzoq vaqt saqlab qoladi.