Nega breket taqishdan uyalish kerak emas?
Breketlar — tish qatorini tekislash va toʻgʻirlash uchun moʻljallangan moslamadir. Breketlarni oʻrnatishdan bosh tortishning eng asosiy sabablaridan biri ularni taqishdan uyalishdir.
Breketlarni taqish bilan bogʻliq boʻlgan uyalishlarni qanday yengish mumkin?
- Unutmang, siz uni butun umr taqmaysiz, bu vaqtinchalik.
- Breketlar tufayli erishadigan natija haqida oʻylang. Natija barchasiga arziydi, chunki breketlarni olib tashlaganingizdan soʻng, siz eng chiroyli, koʻzni qamashtiruvchi va sogʻlom tabassumga ega boʻlasiz.
- Breketlarni faqat siz taqmaysiz. Ularni koʻplab tengdoshlaringiz va hattoki kattalar ham taqishadi.
- Ishonch bilan tabassum qiling. Breketlar bilan tabassum qilishdan qoʻrqmang. Aksincha, tabassumni yashirishga qanchalik urinsangiz, shunchalik koʻproq e’tibor qaratasiz.
- Atrofdagilar tishlaringizdagi temirchalarga bir haftalar ichida oʻrganib qolishadi, bir necha hafta oʻtgach esa, ularga umuman e’tibor bermay qoʻyishadi.
- Bugungi kunga kelib, breketlarni turli xil ranglarda, qoʻshimchalar va bezaklar bilan oʻrnatish mumkin.
- Koʻplab mashhur insonlar ham breketlarni taqishadi. Ular kameralarga sogʻlom hayotga boʻlgan intilishini dadil tabassum bilan namoyon qilishadi. Kino ixlosmandlarining fikricha, hozirda Gollivud yulduzlari orasida breketlar urfga aylangan.
- Breketlar nafaqat chiroyli tabassumga erishish uchun oʻrnatiladi, balki, tishlarni sogʻlom boʻlishiga ham yordam beradi. Qiyshiq tishlar kariyes paydo boʻlishiga moyilroq boʻladi.
Agar siz breketlarni oʻrnatgan boʻlsangiz yoki ularni oʻrnatmoqchi boʻlsangiz, ularni quvonch va gʻurur bilan taqing, chunki tez orada sizning tabassumingiz eng jozibali boʻladi!