Bitboks nima?
Bitboks — bugungi kunda hip-hopning juda mashhur yoʻnalishi bo’lib, u insonning artikulyasion apparati yordamida tovushlarga taqlid qilish, ritmlar, zarbalar va turli xil ohanglarni takrorlash san’ati hisoblanadi.
Ushbu ishning ustalari – orkest-insonlar boʻlib, ular lablar va til yordamida bir vaqtning oʻzida baraban, musiqiy likopcha (baraban qismi) va hokazolarni kuylashlari va ijro etishlari mumkin.
Bu qanday boshlangan?
Bitboks Chikago va Bronks koʻchalarida hip-hop yaratilganda paydo boʻlgan degan fikr bor. Ammo aslida, bitboksning ildizlari XIII asrga toʻgʻri keladi. Aynan oʻsha paytda shaharlarning tor koʻchalarida sayr qilib yurgan fransuz maddohlari (trubadurlar) musiqa asboblarisiz qoʻshiq kuylab yurishardi. Guruhning har bir vakili alohida asbobning ovozini ijro etib, ajoyib kompozitsiyalar yaratishgan. XV asrga kelib, bitboks qoʻshni mamlakatlarga ham yetib borgan.
Zamonamizning birinchi bitbokschisi kim boʻlganligi aniq ma’lum emas. Biroq, birinchi marta bruklinlik guruhlardan biri “The Fat Boys” yigitlari Amerika iste’dodlar tanlovida gʻolib chiqib, bitboks tufayli mashhur boʻlishdi.
Katta sahnada hip-hopper Killa Kella paydo boʻlishi bilan bitboks musiqaning kichik turi maqomini oldi.
Bugungi kunda, Jozef "Poolpo" (Fransiya), Beardyman (Buyuk Britaniya), Roxorloops, (Belgiya) va Rahzel (Aqsh) dunyoning eng yaxshi bitbokserlar hisoblanadi.
Bitboks paytida tomoqda nima sodir boʻlishi haqida kelasi maqolada oʻqing