Часы.png

Sun’iy intellekt nima?

Sun’iy intellekt — informatikaning alohida sohasi bo‘lib, odatda inson ongi bilan bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o‘rgatish, muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi.

Hozirda sun’iy intellekt turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan algoritm hamda dasturiy tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin bo‘lgan bir qancha vazifalarning uddasidan chiqa oladi.

Sun’iy intellekt tushunchasi qanday paydo bo‘lgan?

Sun’iy intellekt atamasi 1955-yilda Jon Makkarti (John McCarthy) tomonidan kiritilgan. 1956-yilda Makkarti va boshqalar Sun’iy intellekt bo‘yicha Yozgi Dartmut Tadqiqot Loyihasi konferensiyasini tashkil etishdi. Ushbu tashabbus mashina o‘rganishi, chuqur o‘rganish, bashoratli tahlillar kabi ko‘p ixtirolar qilinishiga olib keldi. Undan tashqari, bu tashabbus yangidan-yangi sohani — ma’lumotshunoslikni (data science) keltirib chiqardi.

1990-yillarda sun’iy intellekt taraqqiyotida yangi sahifa ochildi. 1997-yilda Deep Blue nomli IBM kompyuteri shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparovni yenggan tarixdagi ilk kompyuter bo‘ldi.

Sun’iy intellekt — tezkor hisoblash muhitida algoritmlar yaratish va qo‘llash orqali insonning aql-idrok jarayonlariga taqlid qilishga asoslanadi. Sodda qilib aytganda, sun’iy intellekt kompyuterlarni odam kabi o‘ylash va ulardek yechim topishga yo‘naltiradigan texnologiyadir.

Ushbu maqsadga erishish uchun uchta asosiy tarkibiy qism talab qilinadi:

  • hisoblash tizimlari (katta quvvatli kompyuterlar);
  • katta ma’lumotlar va ularni boshqarishda ko‘nikmalar;
  • SI algoritmlari (dasturiy kod);

Sun’iy intellekt inson aqliga qanchalik yaqin bo‘lsa, uni yaratish shunchalik ko‘p ma’lumot va hisoblash resurslarini talab qiladi.

Keyingi