Sun’iy intellekt nima uchun muhim?
Bugungi kunda sun’iy intellekt tushunchasi juda keng tarqalgan. Masalan, mobil qurilmangizdagi dasturlar: Google, lug‘atlar, turli xil o‘yinlar va hokazolar ham sun’iy intellektga yaqqol misol bo‘la oladi. Faqat ularning qamrovi kichikroq bo‘lib, ma’lum bir yo‘nalishdagina sizga yordam bera oladi. Ya’ni bajarmoqchi bo‘lgan amallaringiz turiga qarab tegishli dasturdan foydalanasiz.
Bugungi kunda, odamlar va mashinalar faoliyati natijasida hosil bo‘layotgan ma’lumotlar hajmi, odamlarning ushbu ma’lumotlarni o‘zlashtirish, talqin qilish va murakkab qarorlarni qabul qilish qobiliyatidan ancha ustundir. Sun’iy intellekt esa katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish va ular asosida qarorlar qabul qilishga qodir.
Masalan, «krestlar va nollar» o‘yinida, aksariyat odamlar yutish yo‘lini bilishadi. Ammo bu o‘yinda 255 168 ta noyob (unikal) yurishlar mavjud ekanini va ulardan 46 080 tasi durrang bilan tugashini hamma ham bilmaydi. Shashka o‘yinida 500 x 1018 yoki 500 kvintilliondan ko‘p turli potensial harakatlar mavjud.
Kompyuterlar ushbu kombinatsiyalarni va harakatlarni hisoblashda, hamda eng yaxshi yechim topishda nihoyatda samaralidir. Sun’iy intellekt, uning rivojlanishi va uni chuqur o‘rganish biznes qarorlarni qabul qilishning kelajagi hisoblanadi. Kelajakda bu texnologiya iqtisodiyotning barcha sohalarida to‘g‘ri yechim topishga imkoniyat yaratib berishi mumkin.