Yer haqida qiziqarli 10ta fakt
Insonlarni doim sirli va mahfiy narsalar jalb qilib kelgan. Shuning uchun ajoyib yer sayyorasi haqida doimiy izlanishlar olib boriladi. Insoniyat sayyoramiz haqida deyarli hamma narsani biladigandek tuyuladi, ammo javoblarni topish kerak boʻlgan koʻplab dolzarb savollar hali ancha. Uzoq kelajakda insoniyat koinotning sirini va yerning paydo boʻlishi haqidagi jumboqni yechadi. Hozircha esa sizga yer sayyorasi haqida qiziqarli ma’lumotlarni oʻqishni taklif qilamiz.
1-fakt. Yer — Quyosh sistemasidagi uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi.
2-fakt. Yer — xajmi va massasi jihatidan sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda turadi.
3-fakt. Yer — bugungi kunda insoniyatga ma’lum boʻlgan, hayotning murakkab shakli mavjud boʻlgan yagona Sayyora.
4-fakt. Yerning yagona sun’iy yoʻldoshi Oydir.
5-fakt. Nurlar Quyoshdan Yergacha boʻlgan yoʻlni 500 soniyada bosib oʻtadi.
6-fakt. Yerning yoshi 4,54 milliard yilga teng. Olimlar Quyosh tizimi endi shakllanayotgan paytda, yerga kelib tushgan eng qadimgi tosh va meteoritlarning vaqtini aniqlash orqali sayyoramizning yoshini aniqlaganlar.
7-fakt. Yer yuzasining katta qismi okeanlar bilan band: 70,8% yoki 361,1 million km2. Koʻplab orollardan tashkil topgan quruqlik esa 29,2% yoki 149,1 million km2 ni tashkil qiladi.
8-fakt. Everest togʻi (8848 m) sayyoramizning eng baland nuqtasi sifatida tanilgan, Tinch okeanida joylashgan Mariana chuqurligi esa (11022 m) eng chuqur joyi hisoblanadi.
9-fakt. Yer quyoshdan juda katta miqdorda nur energiyasi (1,7-1017 J/s) oladi, lekin uning atigi 50% Yer yuzasigacha yetib keladi.
10-fakt. Odamlarda Pifagorning miloddan avvalgi 500-yilda keltirgan dalillari tufayli yer shakli bilan bogʻliq hech qanday savollar paydo boʻlmay qoʻygan.