Ogohlantiruvhci belgilar: shifokorga qachon murojaat qilish kerak?
Qichishish, yoqimsiz badbo‘y hid yoki to‘satdan paydo bo‘lgan noqulayliklar oddiy bezovtalik emas, balki mikrofloraning muvozanati buzilganining belgisi bo‘lishi mumkin. Ba’zan bunday alomatlar o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi, lekin ayrim hollarda kutmasdan darhol shifokorga murojaat qilish muhimdir.
🔎 Qanday belgilarni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi?
❌ Doimiy qichishish va achishish – infektsiya yoki allergik reaksiya belgisi bo‘lishi mumkin. Agar gigiyenik vositalarni o‘zgartirgandan keyin ham yo‘qolmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.
❌ Noodatiy ajralmalar – agar ajralmalar juda ko‘p va rangi o‘zgargan bo‘lsa (sariq, yashil, kulrang) yoki badbo‘y hid paydo bo‘lsa, bu bakterial muvozanat buzilgani yoki infektsiya borligini bildirishi mumkin.
❌ Qorinning pastki qismida og‘riq – ayniqsa, u yoqimsiz (ko‘p miqdorda) ajralmalar yoki badbo‘y hid bilan birga bo‘lsa, bu yallig‘lanish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
❌ Yo‘qolmaydigan badbo‘y hid – agar hatto dush qabul qilgandan keyin ham yoqimsiz hid qolayotgan bo‘lsa, bu bakterial vaginoz yoki boshqa muammolar belgisi bo‘lishi mumkin.
❌ Peshob chiqarishda og‘riq va achishish – bu siydik yo‘llari infektsiyasiga ishora qilishi mumkin.
❌ Muntazam bo‘lmagan yoki juda og‘riqli hayz – agar hayz sikli buzilgan yoki juda kuchli og‘riq bilan o‘tsa, gormonlar va reproduktiv salomatlik bilan bog‘liq muammolar yo‘qligini tekshirish muhim.
🩺 Nima qilish kerak?
👉 O‘zboshimchalik bilan davolashga urinmang – ba’zi ommabop “uy sharoitida davolash usullari” vaziyatni faqat yomonlashtirishi mumkin.
👉 Simptomlaringizni (alomatlarni) yozib boring – bu shifokorga muammoni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
👉 Yordam so‘rashdan uyalmang – sog‘liq har qanday qo‘rquvdan muhimroq!
O‘z sog‘lig‘ingizga ehtiyotkorlik bilan yondashish nafaqat gigiyena, balki o‘z tanangizga e’tibor berishdir. 😉✨
Keyingi maqolamizda intim gigiyena vositalarini to‘g‘ri tanlash haqida gaplashamiz!
Average Rating: ☆ ☆ ☆ ☆ ☆ (0 reviews)