Endometrioz: Nima uchun og‘riqli hayz ko‘rish odatiy hol emas?
Agar har oy hayz oldidan yoki hayz paytida o‘qishga, yurishga yoki hatto o‘rningizdan turishga halaqit beradigan darajada kuchli og‘riq his qilsangiz, bu organizmdagi qandaydir muammo haqida signal bo‘lishi mumkin. Masalan, bu shunchaki "organizmning o‘ziga xosligi" emas, balki endometriozning belgisi bo‘lishi mumkin.
Endometrioz – bachadon shilliq qavatiga o‘xshash hujayralar uning tashqarisida (tuxumdonlar, qorin bo‘shlig‘i, ichaklar va boshqa organlarda) o‘sa boshlaydigan kasallik.
🩸 Endometrioz borligini qanday bilish mumkin?
⚠ Muhim! Bir martalik kuchli og‘riq – tashvishlanish uchun sabab emas. Lekin agar bunday alomatlar har oy takrorlansa, e’tibor berib, shifokor bilan maslahatlashish kerak!
🔹 Hayzdan oldin va hayz paytida kuchli og‘riqlar. Nafaqat noqulaylik, balki bir necha kun davom etadigan va og‘riq qoldiruvchi vositalarsiz o‘tib ketmaydigan kuchli spazmlar.
🔹 Ichak bilan bog‘liq muammolar. Hayz paytida qorin dam bo‘lishi, qabziyat yoki ich ketishi, qattiq sanchiq bo‘lishi mumkin. Ba’zan hojatga borish ham og‘riqli bo‘ladi.
🔹 Uzoq va ko‘p qon ketadigan hayz. Agar hayz 7 kundan ortiq davom etsa yoki katta qon quyuqlari chiqsa, bu xavotirli belgidir.
🔹 Sikl davomida qorinning pastida og‘riq. Kunlarning istalgan birida tortuvchi yoki bosim his qiluvchi noqulaylik bo‘lishi mumkin.
💡 Endometrioz qanday aniqlanadi?
Shifokor shikoyatlaringiz asosida gumon qilib, qo‘shimcha tekshiruv, masalan, kichik tos a’zolari UTT (ultratovush tekshiruvi)sini tavsiya qilishi mumkin.
🛑 Endometrioz qanday davolanadi?
✔ Gormonal terapiya. Shifokor gormon dorilarini buyurishi mumkin, ular kasallik rivojlanishini nazorat qiladi.
✔ Og‘riq qoldiruvchi vositalar. Ba’zi holatlarda simptomlarni yengillashtirish uchun tavsiya etiladi.
💬 Xulosa:
Agar har oy hayzingiz juda kuchli og‘riqlar, uzoq davom etadigan qon ketish yoki ichak bilan bog‘liq muammolar bilan kechsa, buni e’tiborsiz qoldirmang! Qanchalik erta tashxis qo‘yilsa, shunchalik oson nazorat qilish mumkin! ❤️
Average Rating: ☆ ☆ ☆ ☆ ☆ (0 reviews)