Женская репродуктивная система_Corr.png

Erta jinsiy yetilish

Erta jinsiy yetilish nima? Bu sizning jinsiy a’zolar tizimingizning odatdagi muddatlardan avvalroq yetilish boʻlib, u qizlarda 8 yoshgacha, oʻgʻil bolalarda 9 yoshgacha kuzatiladi.

Tanangizning rivojlanishi tezlashib ketgan boʻlsa buning hech qanday qoʻrqinchli joyi yoʻq, bu sizning individual, shaxsiy xususiyatingizdir. Sizning tanangiz doʻstlaringiznikiga qaraganda ancha tezroq rivojlanayotgandek tuyulayaptimi? Hozir qizlarda muddatidan avvalgi jinsiy yetilish borgan sari koʻproq uchramoqda. Bu esa, sizda nimadir notoʻgʻri rivojlanayapti, degani emas!

Jinsiy yetilishning quyidagi ma’lum belgilari bor:

  • koʻkrak oʻsishi;
  • qin va chot sohasida tuklar chiqishi;
  • tana boʻylab sochlarning oʻsishi;
  • terining yogʻliligi kuchayishi, husnbuzarlarning paydo boʻlishi.

Organizmingizda gormonlarning keskin oʻzgarishi faqat fiziologik oʻzgarishlarga emas, balki oʻzingizni his qilishingiz va oʻzingizni tutishingizga ham ta’sir qiladi. Sizda turli kayfiyat oʻzgarishlari, agressiya, xafalik, tez charchash kuzatilishi mumkin. Bu normal holat va siz bundan xavotir olmang, sizing tanangiz jiddiy oʻzgarishlarga uchrayapti, miyangiz esa ularga moslashishga ulgurmayapti.

Qizlarda erta jinsiy yetilishda bu holatlar ancha avvalroq kuzatiladi: ularning organizmi ulgʻayib borarkan qizlar xuddi kattalardek oʻzini tutishga harakat qiladilar, lekin bu har doim ham oʻrinli boʻlavermaydi. Muddatidan avvalgi jinsiy yetilishning psixologiya jihatidan oʻziga xos belgilari: eyforiya, xavotirlanish, sekinlashish.

Agar siz oʻzingizda muddatidan avvalgi jinsiy yetilish belgilarini sezsangiz, xavotir olmang.

Erta jinsiy yetilish organizmning oʻziga xos xususiyati boʻlishi mumkin, lekin xavotirlaringiz haqida onangizga, buvingizga, bolalar ginekologi yoki endokrinolog shifokorlarga gapirib berishdan qochmaslikni tavsiya qilamiz. Agar bunday holat siz uchun noqulay boʻlsa, onangizga yoki oʻzingiz ishonadigan katta yoshli kishiga murojaat qiling: ular hech qanday muammolar yoʻqligiga ishonch hosil qilish uchun, sizni shifokor huzuriga olib boradilar.

Oldingi