40

Ginekologga birinchi tashrifda nimalarni kutish mumkin?

Ginekologga birinchi tashrif hayajonli bo‘lishi mumkin, ammo shuni bilish kerakki, bu tashrif sog‘lig‘ingizga g‘amxo‘rlik qilish yo‘lidagi oddiy bir qadamdir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) so‘nggi tavsiyalariga ko‘ra, qizlarga profilaktik maqsadda ginekologga birinchi tashrif 13-15 yosh orasida tavsiya etiladi, ayniqsa, agar o‘z tanangiz yoki hayz siklingiz haqida savollaringiz bo‘lsa. Ushbu tashrif shunchaki savol javob tarzda o‘tkaziladi va unga onangiz bilan kelishingiz tavsiya etiladi.

Birinchi tashrifda nima bo‘ladi?

Suhbat

Birinchi qabulda ginekolog odatda siz bilan oddiy suhbat olib boradi, umumiy ahvolingiz va hayz siklingiz haqida so‘raydi. Bu tanangiz, gormonal o‘zgarishlar va his-tuyg‘ularingiz haqida ochiq gaplashish uchun imkoniyatdir. Shifokor hayz qanday o‘tishini, og‘riq yoki boshqa alomatlar bor-yo‘qligini so‘rashi mumkin. Agar shaxsiy savollaringiz bo‘lsa, ularni bemalol berishingiz mumkin – shifokor sizni tushunadi va yordam beradi.

Umumiy sog‘lig‘ingizni tekshirish

Ba’zan ginekolog umumiy tekshiruv o‘tkazadi, masalan, qon bosimingizni o‘lchaydi va umumiy salomatligingizni baholaydi.

Gigiyena va kundalik maslahatlar

Ginekolog o‘zingizga qanday to‘g‘ri g‘amxo‘rlik qilishштпшя haqida maslahatlar berishi mumkin. Bu tavsiyalar noqulayliklarni bartaraf etish va infeksiyalardan saqlanishga yordam beradi. Masalan, ichki kiyimni qanday tanlash, hayz davrida gigiyenaga rioya qilish va gormonal muvozanat uchun muhim bo‘lgan sog‘lom ovqatlanish haqida tavsiyalar bo‘lishi mumkin.

Nega bu muhim?

Ginekologga tashrif sizning tanangiz va sog‘lig‘ingiz haqida ko‘proq ma’lumot olishga yordam beradi hamda organizmingizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni tushunishga va ularga tayyorlanishga imkon yaratadi. Bu, shuningdek, noqulay tuyulishi mumkin bo‘lgan, ammo aslida juda muhim bo‘lgan savollarni berish imkoniyatidir.

Tashrifga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?

Savollarni oldindan yozib qo‘ying. Bu shifokorga sizni nima tashvishga solayotganini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

Average Rating: (0 reviews)

Leave Your Feedback

Recent Reviews

Oldingi Keyingi