Ginekologga qachon va qanchalik tez-tez tashrif buyurish kerak?
Oʻsmir qizlarga hayz koʻrgan paytdan boshlab (birinchi hayz koʻrish.), yiliga bir marta ginekologga tashrif buyurishni maslahat beramiz. Bu hayz davrini va qiz bola organizmining rivojlanishini kuzatish uchun kerak. Qolaversa, bu yoshda tos a’zolarining profilaktik ultratovush tekshiruvini boshlash muhimdir.
Rejadan tashqari shifokorga qachon murojat qilish kerak?
Jinsiy a’zolar hududida har qanday noqulaylik yoki shikastlanish, patologik ajralma, 7 yoshgacha boʻlgan ikkilamchi jinsiy xususiyatlarning paydo boʻlishi yoki 13 yoshdan keyin ham ularning yoʻqligi, erkak tipida boʻlgan tanadagi sochlarning koʻpayishi kabi shikoyatlaringiz boʻlsa, shifokor bilan maslahatlashingiz kerak. Shuningdek, bu borada ginekolog, pediatr, urolog, endokrinolog, ultratovush diagnostikasi kabi boshqa mutaxassis shifokorga murojaat qilish mumkin.
Koʻkrak oʻsishi shifokorga murojat qilish uchun sabami?
Koʻkrak bezlari shakllana boshlagan davrda, odatda, 9-11 yoshda shifokorga rejadan tashqari tashrif buyurish mumkin. Bu yoshda koʻkrak qafasidagi yengil ogʻriq sindromi yoki sut bezlarining assimetrik rivojlanishi normal hisoblanadi, ammo mutaxassislar maslahatini talab qiladigan quyidagi shartlar ham mavjud:
- sut bezlari hududida qizarish va shishish;
- sut bezlari hududida hajmli shakllanishlar, ayniqsa tartibsiz shakl;
- koʻkrak uchlaridan suyuq ajralmalar chiqishi;
- aksillar limfa tugunlarining kengayishi.
Ehtimol, bunday holatda shifokor sut bezlari va limfa tugunlarining ultratovush tekshiruvini belgilaydi. Buning sababi afsuski, bunday erta yoshda ham oʻsmalar, limfadenit va mastitlar uchraydi.
Oʻsmirlik davrida ajralma koʻrinishi oʻzgaradimi?
Oʻsmirlik davrida shilliq ajralma shaffofdan oq ranggacha boʻlgan va sutli koʻrinishdagi ajralma mutlaqo normal hodisadir. Ularning suyuqligi hayz davrining kuniga qarab oʻzgarishi mumkin.
Shu bilan birga, ajralma hidga ega boʻlmasligi va qichishish yoki achishish kabi noqulayliklarni tugʻdirmasligi kerak. Agar ularning rangi, miqdori, zichligi, hidi oʻzgarsa yoki noqulaylik his qilsangiz, shifokorga borishingiz kerak. Yodingizda boʻlsin, ginekologga borish qoʻrqinchli emas.