Hayz paytida oʻzingizni qanday parvarish qilishingiz kerak?
Bu mening birinchi hayzim va meni nima kutayotganini bilmayman. Birinchi navbatda nima qilishim kerak?
Birinchi hayz tanangiz uchun odatiy va tabiiy davr belgisidir va tashvishlanishingizga sabab yoʻq. Hayz sizda birinchi marotaba boʻlayotganligi uchun, bu haqida onangizga, opangizga, dugonangizga yoki ishonchli ayol ustozingizga ayting. Ular sizga yordam berishlari va gigiyenik tagliklar haqida kerakli ma’lumotlarni ulashishlari mumkin.
Bir marta ishlatiladigan gigiyenik tagliklardan foydalanish juda qiyin boʻlishi mumkin. Qaysi biri menga mos kelishini qanday bilib olaman?
Qoʻrqmang. Sizning hayotingizni yengillashtirish uchun turli xil gigiyenik tagliklar mavjud. Mahalliy dorixonada yoki supermarketda qay biri mavjudligiga qarab, siz gigiyenik taglikdan tortib, bir martalik va koʻp marta ishlatiladigan tagliklargacha keng tanlovga ega boʻlasiz. Ularning barchasini sinab koʻrishingiz va qay biri sizga mos kelishini tanlashingiz yoki ma’lum kunlarda hayz qoni qanchalik koʻp yoki kam kelishiga qarab, ularning bir nechta turidan foydalanishingiz mumkin.
Yodda tuting:
- Har doim hojatxonadan chiqishdan oldin va gigiyenik taglikni almashtirishdan oldin va keyin qoʻlingizni yaxshilab yuving.
- Bir martalik ishlatiladigan tagliklarni hojatxona unitaziga (quvuriga) tashlamang, chunki u kanalizatsiya quvurlarini ishdan chiqaradi. Axlatga tashlashdan oldin uni tualet qogʻoziga oʻrab, keyin tashlang.
- Vaqt oʻtishi bilan hayz kunaringiz davomiyligi oʻzgarishi mumkin, lekin baribir oʻzingiz bilan sumkangizda ehtiyot uchun doim bir martalik tagliklarni olib yuring.
- Hayz vaqtida vanna qabul qilmang, faqat dushdan foydalaning.
- Hayz qoni tarkibi va miqdori qandayligini bilish uchun “Hayz qoni nima?” deb nomlangan maqolamizni oʻqing.