Hayz qoni nima?
Hayz qoni – bu hayz paytida qindan ajraladigan suyuqlikdir. Hayz suyuqligi qizil-jigarrangga ega, venoz (toʻq qizildan – koʻkimtir ranggacha) qonga qaraganda bir oz toʻqroq rangda boʻladi.
Hayz qoni tarkibi qanday boʻladi?
Hayz suyuqligi tarkibiga qondan tashqari, bachadon boʻyni bezlarining shilliq ajralmalari, qin bezlari va endometrium (bachadon ichki yuzasi) toʻqimalari kiradi.
Hayz suyuqligi qancha miqdorda ajraladi?
Bir hayz davrida chiqarilgan hayz suyuqligining oʻrtacha miqdori taxminan 5-10 osh qoshiqni tashkil qiladi. Shu bilan birga, individual tarzda 3-5 dan 5-10 osh qoshiqqacha oʻzgarishi mumkin. Ushbu koʻrsatkichlar oraligʻi normal deb hisoblanadi, lekin koʻp miqdorda (yoki aksincha, kam miqdorda) hayz suyuqligi ajralishi kasallik alomati boʻlishi mumkin.