Kapsula garderobini qanday yaratish mumkin? (2-qism)
Avvalgi maqolada biz kapsula garderobini yaratishning ilk uch bosqichi haqida gaplashdik. Bugun siz keyingi bosqichlar haqida bilib olasiz.
Oʻz garderobingizni rejalab olganingizdan soʻng, endi siz:
- Sizga kerak bʻlmagan barcha ortiqcha kiyimlardan xalos boʻling.
Oʻzingizga mos boʻlmagan, yoqtirmaydigan va kiyinish uslubingizga mos kelmaydigan barcha kiyimlaringizdan xalos boʻling. Bunda shuni iltimos qilamizki, kiyimlaringiz axlatxonaga tushib sayyorani ifloslantirmasligi uchun, ularni sotishingiz, sovgʻa qilib yuborishingiz yoki muhtojlarga berishingiz mumkin. Ulardan sizga toʻgʻri keladiganini tanlab oling, hamma narsani tashlab yuborib, noldan boshlagandan koʻra, oʻzingizda bor narsadan boshlagan ma’qul. Ulardan butunlay xalos boʻlish mantiqsiz va qimmat hisoblanadi.
2. Ranglarni oʻzaro mosligi haqida unutmang.
Bir-biriga yaxshi mos keladigan va neytral boʻlgan ranglarni tanlang. Endigina modaga kirgan narsalarni xarid qilmay turishingizni maslahat beramiz, chunki ular kelajakda sizning garderobingizdan joy topa olmasligi mumkin. Kapsula garderobingizga qoʻshishni tavsiya qiladigan buyumlar:
● neytral rangdagi futbolkalar;
● bir juft qora shim;
● bir yoki ikki juft jinsi shimlar;
● kardigan;
● qora koʻylak.
3. Faqat sifatli narsalarni sotib oling, chunki siz bu kiyimlarni tez-tez kiyib turasiz va ular uzoq vaqt yaxshi saqlanishi kerak. Xohishingizga qarab bir yoki ikkita rasmi bor kiyimni qoʻshishingiz mumkin. Ustki kiyim, oyoq kiyim va aksessuarlar haqida unutmang.
Ana shunday! Endi kapsula garderobi haqida tasavvurga egasiz.