Men voyaga yetyapman
Jinsiy yetilish — tanangizda eng kuchli va faol oʻzgarishlar paytidir. Siz ma’lum jismoniy oʻzgarishlar sababli oʻsib borasiz va katta boʻlasiz. Lekin jinsiy yetilish boshlanganligini va uning qachon tugashini qanday tushunish va bilish mumkin?
Jinsiy yetilish davrida qanday jismoniy oʻzgarishlar roʻy beradi?
- Taning juda tez oʻsishi kuzatiladi. Qizlar shu yoshdagi oʻgʻil bolalarga nibatan tezroq oʻsa boshlaydilar.
- Koʻkrak oʻsa boshlaydi.
- Jinsiy yetilishning oxiriga kelib qizlarning yuzlarida, qoʻltiqlarida, oyoqlarida va qin sohasida tuklar oʻsib chiqadi.
- Tanangiz oʻz hidiga ega boʻla boshlaydi. Jinsiy yetilish davrida ba’zi bezlar koʻproq yogʻ ishlab chiqara boshlaydi, ter bezlari esa koʻproq namlik chiqara boshlaydi. Bu juda muhim jarayon, chunki terlash tananing haroratini nazorat qilishga yordam beradi.
- Qomatingiz oʻzgarib, boʻksalar kengaya boshlaydi, tanadagi nisbatlar ham oʻzgarib boradi.
- Qindan ajralmalar paydo boʻladi va hayz koʻrish boshlanadi.
Qizlarda jinsiy yetilish davri boshlangan paytidan oʻrtacha 5-6 yil davom etadi. Bu davr 8-10 yoshdan boshlanishi mumkin, uning tugash payti 14-16 yoshga toʻgʻri keladi. Lekin bu rivojlanish har kimda oʻziga xos tarzda kechadi va agar sizda bu davr shu yoshga toʻgʻri kelmasa, sizda albatta qandaydir muammo bor degani emas. Har bir qizning organizmi betakror va oʻziga xos. Jinsiy yetilish muddatiga atrof muhit va genetika kabi koʻplab omillar ta’sir qiladi.