Nega mendan qon kelayapti?
Menstruatsiya, yoki hayz, bu ayolning/qizning tanasida har oyda yuz beradigan va uning salomatligi haqida axborot beradigan tabiiy jarayondir.
Bu jarayon dunyo boʻyicha har oyda taxminan 1,8 milliard qizlar va ayollarda sodir boʻladi.
Koʻpgina qizlarda hayz kelishi oʻrtacha 10 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan davrda boshlanadi.
Hayz koʻrish paytida, taxminan uch kundan yetti kungacha boʻlgan muddat davomida qindan oz miqdorda qon ajraladi. Qon bachadoningizdan keladi.
Birinchi hayz kelishi qizlarning balogʻatga yetganligi va endi homilador boʻlib, farzandli boʻlishi mumkinligini bildiradi.
Qon ketishi, ayollarning reproduktiv (jinsiy) a’zosi faolligini va homilador boʻlishi mumkinligini anglatadi.
Ayrim qizlarda hayz jarayoni oʻrinsiz qoʻrquvga sabab boʻlib, dahshatli tuyulishi mumkin, bu holat sizning sogʻlomligingiz va tanangiz toʻgʻri rivojlanayotganidan dalolat beradi.
Agar sizda hayz jarayoni va hayz davridagi parvarish haqida savollar boʻlsa, oʻzingiz yashaydigan tuman oilaviy poliklinikasi pediatri yoki bolalar ginekologiga murojaat qilishingiz mumkin.
Average Rating: ☆ ☆ ☆ ☆ ☆ (1 reviews)
Leave Your Feedback
Recent Reviews
Assalomu aleykum sizga bir savolda murojaat qilmoqchi edim.Menda umuman kuzatilmagan holat kuzatilyapti.Yoshim 18da.Shu aprel oyida hayzim kechikdi.Va yana bir narsadan xavotirga tushdim.Hayzdan oldin mendan kam kam 3-4 kunda bir qon kelib turdi.Hozir endi hayzdan keyin ham bu qon haligacha ketyapti onam yonimda emasliklari uchun hech kim aytolmayapman
29-Aprel, 2025-yil 1:05