Nima uchun hayz vaqtida ogʻriq his qilaman?
Hayz davridagi ogʻriq – ayol/qizning jinsiy a’zolari ish faoliyatining tabiiy natijasidir. Hayz vaqtida ayol organizmida bachadon mushaklarini qisqartiruvchi gormonlar ishlab chiqariladi. Natijada bachadon ichki qavati tozalanib, hayz qoni ajraladi. Hayz vaqtidagi ogʻriq aynan shu jarayonlarning natijasidir.
Qisqa va yengil hayz ogʻriqlari kundalik mashgʻulotlar va ishlarga xalaqit bermaydigan odatiy holdir. Biroq, qizlar va ayollarning ba’zilarida ogʻriq juda kuchli boʻlishi mumkin. Agar sizda kuchli ogʻriq paydo boʻlsa, tuman oilaviy poliklinikasidagi mahalliy pediatr (bolalar shifokori) yoki bolalar ginekologi bilan maslahatlashishingiz kerak.
- Dam oling. Hayz vaqtida siz oz miqdorda temir moddasini yoʻqotasiz, bu holat tanangizda quvvat (energiya) miqdorini pasaytirishi mumkin. Oʻzingizda koʻtarinki kayfiyatni va hushyorlikni saqlash uchun tungi 8 soatlik uyqu tartibiga rioya qiling.
- Koʻproq suyuqlik iching. Hayz vaqtida tanangiz koʻp suyuqlik yoʻqotishini inobatga olgan holda, koʻproq suv ichish har doim yaxshi fikr hisoblanadi.
- Yengil va muvozanatli ovqatlanish tartibiga rioya qiling. Hayz vaqtida tanangizda muhim vitaminlar kamayishi va kayfiyatingiz oʻzgaruvchan boʻlib qolishi sababli koʻproq meva va sabzavotlarni iste’mol qilish juda foydali hisoblanadi.
- Agar kuchli ogʻriqlar boʻlsa, shifokor bilan mashlahatlashib, oʻgʻriq qoldiruvchi dori vositalarini qabul qiling.