Koʻzgudagi aksimdan nima uchun noroziman?
Oʻz tanamizga boʻlgan munosabatimiz oʻzimizni qanday his qilishimizga ta’sir qiladi. Agar koʻrinishingiz oʻzingizga yoqmasa, demak, siz oʻzingizni boshqa odamlar bilan solishtiryapsiz va ularning darajasiga yetishish uchun sizga hali ancha bor deb hisoblaysiz.
Lekin jozibali boʻlish shunchaki chiroyli koʻrinishni anglatmaydi! Boshqalar bilan oʻzaro tortishish kuchi mavjudligi hazil tuygʻusidan tortib har bir insonga xos boʻlgan noyob va xushboʻy hidga ega boʻlishdek turli omillarga bogʻliqdir. Dunyoda koʻzgudagi aksingizga bogʻliq boʻlmagan millionlab narsalar mavjud.
Oʻzingizni boshqalar bilan taqqoslash yoki kamchiliklaringizni izlash oʻrniga “Men nimam bilan faxrlana olaman? Meni nimalar boshqalardan oʻzgacha qila oladi?” deb soʻrang. Tanangiz qanday koʻrinishga ega ekaniga emas nimalarga qodir ekanligiga e’tiboringizni qarating.
Chopqir oyoqlaringiz sizga sportda muvaffaqiyatlar keltiradi, tezkor barmoqlar esa musiqa asboblarini chalishda mukammallikka erishishga yordam beradi.
Va ehtimol, sizda birovning ovozidagi barcha his-tuygʻularni eshitish va farqlay bilishdek super-oʻtkir eshitish qobiliyati yoki boshqalarning kiyimidagi har bir detalni e’tiborga oladigan super-oʻtkir koʻzlaringiz bordir? Balki eng qiyin tepaliklarga chiqishga yordam beruvchi yoki uzoq masofalarga suzib borishga imkon beruvchi “poʻlat” oʻpkalaringiz bordir?
Oʻz tanangiz sizning eng yaxshi ittifoqdoshingizdir. Uning yordami bilan siz oʻzingiz yoqtirgan har qanday ishni qilishingiz mumkin!