Qizilcha: u o‘smirlar uchun xavflimi?
Qizilcha – bu shunchaki “bolalar infeksiyasi” emas, balki jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan virusli kasallikdir. Ayniqsa, kelajakda ona bo‘lishni rejalashtirayotgan qizlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Kasallik odatda yengil o‘tadi, lekin homiladorlik davrida bu virus homila uchun juda xavfli.
❓ Qanday yuqadi?
Qizilcha havo-tomchi yo‘li orqali tarqaladi – yo‘tal, aksirish yoki zararlangan narsalar bilan aloqa qilish orqali. Bemorning yonida turib ham kasal bo‘lib qolish mumkin.
🔍 Belgilari
O‘smirlarda qizilcha oddiy shamollashga o‘xshab ko‘rinishi mumkin:
🔹 Pushti toshmalar – avval yuzda paydo bo‘lib, tezda butun tanaga tarqaladi.
🔹 Limfa tugunlarining kattalashishi – ayniqsa, quloq orqasida va bo‘yinda.
🔹 Burun oqishi, yo‘tal, holsizlik va yengil isitma (odatda 38°C dan yuqori emas).
⚠️ Nima uchun xavfli?
Agar qizilcha homiladorlik vaqtida yuqsa, chaqaloqda tug‘ma qizilcha sindromi rivojlanishi havfi yuqori. Bu esa tug‘ma yurak nuqsonlari, kar-soqovlik, ko‘rlik va rivojlanishning kechikishi kabi jiddiy oqibatlarga olib keladi.
🛡 Qanday himoyalanish mumkin?
✔ Emlanish – qizilchadan himoyalanishning yagona yo‘li. O‘zbekistonda qizilcha bolalarni emlash majburiy emlashlar ro‘yxatiga kiritilgan, lekin agar emlanganingizga ishonchingiz komil bo‘lmasa, IgG antitanalarini tekshirtirishingiz mumkin. Agar natija yuqori bo‘lsa, sizda immunitet bor, agar yo‘q bo‘lsa – emlanish kerak.
✔ Bemorlar bilan aloqadan saqlaning – ayniqsa, agar yaqin orada homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz.
✔ Gigiyenaga rioya qiling – virus buyumlar ustida ham yashashi mumkin.
Qizilcha oddiy kasallikdek tuyulishi mumkin, lekin kelajakdagi sog‘lig‘ingiz uchun juda xavfli bo‘lishi mumkin. Oldini olish maqsadga muvofiq, keyin esa afsus qilish kech bo‘lishi mumkin! 💉
Average Rating: ☆ ☆ ☆ ☆ ☆ (0 reviews)