Qizlarimiz qanday tuzilishga ega?
Jinsiy yetilish davrida ayol organizmida juda koʻp oʻzgarishlar sodir boʻladi. Bu oʻzgarishlar reproduktiv (jinsiy) tizimni ham qamrab oladi. Sizning tanangiz qanday ishlashini va oʻz anatomiyangizni bilish muhim.
Savol:Ayollarning jinsiy a’zolari qanday vazifalarni bajaradi?
Javob: Bola tugʻish va ayollar gormonlarini ishlab chiqarish.
Reproduktiv (jinsiy) tizimning barcha a’zolari kichik tos sohasida joylashgan va bir-biri bilan uzviy bog’liq. Shuning uchun hayz koʻrish paytida ogʻriqlarga yoki har qanday noqulaylikka e’tibor berish, jinsiy a’zolar gigiyenasi qoidalariga rioya qilish lozim.
Ayollarning tashqi jinsiy a’zolari (ular yana vulva deb ham ataladi) ichki a’zolarni jismoniy ta’sirdan va zararli mikroorganizmlardan himoya qiladi. Tashqi jinsiy a’zolar tizimiga quyidagilar kiradi:
- qov (chot),
- katta jinsiy lablar,
- kichik jinsiy lablar,
- klitor,
- jinsiy qin a’zosining boshlanishi,
Tashqi vulvadan tashqari, har bir qizning tanasi ichida jinsiy gormonlarning hosil qilinishi va bola tugʻilishi uchun mas’ul boʻlgan a’zolarning butun bir tizimi joylashgan. Bu tizimga quyidagilar kiradi:
- bachadon,
- tuxumdonlar,
- jinsiy qin yoki vagina a’zosi,
- qizlik pardasi,
- fallopiy naychalari,
Oʻz tanangizning tuzilishini bilsangiz uning qanday ishlashini va unda qanday jarayonlar boʻlib oʻtishini yaxshiroq tushunasiz. Buning natijasida oʻzingizga ishonchingiz ortadi.
Unutmang, qayeringizdir ogʻriyotgan boʻlsa, bunga chidash kerak emas, aksincha, ginekolog shifokorga murojaat qilishingiz uchun bu haqda onangiz yoki oʻzingiz ishonadigan katta kishiga xabar bering.