12_Corr.png

Siynaband (byustgalter) taqish vaqti kelganini qanday bilish mumkin?

Bu masala organizmning oʻziga xos shaxsiy xususiyatlariga bogʻliq boʻladi. Ba’zi qizlarda 10-11 yoshda koʻkrak oʻsa boshlaydi, boshqalarda esa — faqat 15 yoki 16 yoshga kelibgina oʻsish boshlanadi.

Onangiz bilan birga siynabandni sotib olish uchun doʻkonga borish vaqti keldimi yoʻqmi aniq bilish uchun bir nechta narsaga e’tibor bering. Sizga siynaband aniq zarur, agar:

  • koʻkragingiz kiyim ostida ham sezila boshlasa hamda tor yoki tana koʻrinib turgan koʻylaklarni va kiyimlarni kiyishdan uyala boshlasangiz;
  • yurish, yugurish va sport mashgʻulotlari paytida koʻkrak qattiq sakray boshlasa va siz oʻzingizni noqulay sezsangiz;
  • koʻkrak uchidan oʻlchaganda aylana oʻlchamingiz 65 sm dan ortiq boʻlsa;
  • maktab kiyimxonasida boshqa qizlarning yonida kiyim almashtirishga uyalsangiz.

Onangiz bilan sizga siynaband kerakligi haqida qanday gaplashish mumkin?

Onangiz bilan dunyodagi hamma narsalar haqida uyalmasdan bemalol gaplashish mumkin.

Lekin kerakli soʻzlarni hech topa olmasangiz, nima qilish kerak?

Fikrlab koʻring, onangiz ham qachondir xuddi shunday holatda boʻlgan. Onagiz ham birinchi siynabandi boʻlishini orzu qilgan, ehtimol, kattalar bilan yoki onasi bilan qanday gaplashish kerakligini bilmagan boʻlishi ham mumkin. Shuning bois onangiz sizning holatingizni yaxshi tushunishiga albatta ishoning va u bilan ochiq gaplashing. Onangiz hamma narsani oʻzi tushunib oladi va siz istagan narsani albatta olib beradi.

Oldingi Keyingi