сахар.jpg

1-tip qandli diabet. U nima oʻzi?

Uglevodlarga ega boʻlgan oziq-ovqat organizmga tushar ekan, u glyukozaga (qon qandiga) parchalanadi. (Glyukoza organizmga yoqilgʻi sifatida kerak, ya’ni u energiya olish uchun ishlatiladi). Shundan soʻng, u qon oqimi orqali barcha hujayralarga tarqaladi. Bunda unga insulin yordam beradi. Insulin oshqozon osti bezi tomonidan ishlab chiqariladi va qonda glyukoza miqdori doim normal chegaralarda boʻlishini boshqarib turadi.

1-tipdagi qandli diabetda oshqozon osti bezi insulin ishlab chiqara olmaydi, chunki organizm foydali hujayralarni hujumkor mikroblar deb qabul qiladi. Natijada antitanachalar (tananing himoya tizimi) oshqozon osti bezi hujayralariga hujum qila boshlaydi va bu organizmda insulin ishlab chiqarishga toʻsqinlik qiladi.

Insulin yetarlicha boʻlmasa, glyukoza qon oqimida qolaveradi va uning miqdori oʻsishda davom etadi. Oshqozon osti bezi qondagi qand darajasini tartibga solishi uchun yetarli miqdorda insulin ishlab chiqara olmasa, shifokorlar 1-tipdagi diabet tashxisini qoʻyishadi.

1-tipdagi diabet, insulinni doimiy ravishda yuborib turish zarurati borligi tufayli, “insulinga muhtoj diabet” deb ham ataladi.

Qanday belgilarni payqaganda diabet haqida gumon qilish mumkin?

  • tez-tez chanqash va ogʻiz qurishi;
  • tez-tez siyish;
  • doimiy ochlik hissi;
  • quvvat yetishmasligi va haddan tashqari charchab qolish;
  • kechasi siyib qoʻyish;
  • toʻsatdan vazn yoʻqotish;
  • koʻzning xiralashishi.

Agar bu alomatlarni uchratsangiz, kimga murojaat qilishingiz kerak?

Agar siz oʻzingiz yoki yaqinlaringizda ushbu alomatlarni sezsangiz, shifokor-endokrinologga murojaat qilishingiz kerak.

Oldingi Keyingi