перхоть.jpg

Agar menda qazgʻoq boʻlsa, nima qilish kerak, u bilan qanday kurashish kerak?

Qazgʻoq nima?

Qazgʻoq — bu bosh terisining qichishi va bezovta qilishiga olib keladigan keng tarqalgan bosh terisi kasalligidir.

Siz bu muammo bilan tanish boʻlishingiz mumkin: toʻq rangli kiyimlar kiya olmaysiz, chunki doimo bosh terisidan toʻkiladigan yengil qipiqlar kiyimda sezilarli boʻladi. Qazgʻoq juda yoqimsiz kosmetik muammodir, lekin koʻp hollarda bu zararsiz, chunki bosh terisi doimiy ravishda yangilanadi.

Qazgʻoq qanday koʻrinishini, qazgʻoqqa nima sabab boʻlishi mumkinligini va u bilan qanday kurashishni yaxshiroq tushunish uchun keling, quyidagilarni koʻrib chiqaylik:

  • sochingiz va yelkangizda oʻlik terining oq qipiqlari paydo boʻlishini sezishingiz mumkin;
  • bosh terisida qizil, usti qotib qolgan joylar paydo boʻlishi mumkin;
  • bosh terisi qichishi mumkin.

Qazgʻoqqa nima sabab boʻlishi mumkin?

  • Stress, sovuq va quruq qish ob-havosi va ba’zi sochni parvarish qilish vositalari qazgʻoqni koʻpaytirishi mumkin.
  • Qazgʻoq har qanday odamda paydo boʻlishi mumkin.
  • Ayniqsa, oʻsmirlarda, chunki bu yoshda gormonlar miqdori oʻzgaradi.

Bularning barchasi sebum (teri yogʻi) ishlab chiqarishning koʻpayishiga olib keladi. Ehtimol, shuning uchun qazgʻoq odatda balogʻat yoshida paydo boʻladi.

Qazgʻoq yuqumli emas. Siz uni boshqalardan yuqtirib olmaysiz va boshqa odamga yuqtira olmaysiz ham.

Qazgʻoq qanday davolanadi?

Avvalo, siz mutaxassisga (trixolog) murojaat qilishingiz kerak, u qazgʻoqqa qarshi kurashda yordam beradigan va shampun tarkibida mavjud boʻlgan quyidagi “faol moddalar” ni buyurishi mumkin.

  • 1% selen sulfidli shampun (selenium sulfide 1%)
  • Sink piritionli shampun (zinc prythione)
  • Smola asosidagi shampun.

Smola asosidagi shampunlar bosh terisini quyosh nuriga nisbatan sezgir qiladi, shuning uchun uni ishlatgan davrda bosh kiyim kiyib yurgan ma’qul. Smola shampunini boʻyalgan yoki ishlov berilgan sochlarga ishlatmang.

  • ketokonazolli shampun (ketoconazole)

Shampundan qancha davr mobaynida va necha marta foydalanish kerakligi haqida yorliqdagi koʻrsatmalarga rioya qiling.

Qazgʻoq kamayganda, qazgʻoqqa qarshi shampunni kamroq ishlatishingiz mumkin. Haftada bir marta yetarli boʻlishi mumkin.

Agar qazgʻoq 4-6 haftadan keyin ham yoʻqolmasa, boshqa turdagi faol moddalar qoʻshilgan shampunni sinab koʻring.

Qazgʻoq haqida yana nimani bilishingiz kerak?

Qazgʻoq muammosi boʻlgan odamlar tananing boshqa qismlarida ham seboreik dermatitni (qazgʻoqni)kechirishlari mumkin, masalan:

  • qoshlarda;
  • burundagi qatlamlar;
  • quloqlar orqasida;
  • soqol sohasida.
Oldingi Keyingi