03.About your health teenagers-12

Anesteziya qachon qoʻllaniladi?

Mahalliy anesteziya quyidagi holatlarda qoʻllaniladi:

  • stomatologiyada — tish va tish kanallarini davolashda, tish pulpasi(tishning yumshoq ichki toʻqimasi) va milklari operatsiyalarida, tish olib tashlashda;
  • oftalmologiyada — kataraktani jarrohlik yoʻli bilan davolashda (katarakta — koʻz linzalarining xiralashishi), koʻz yosh kanali yoʻllarini tiklashda, yengil koʻz jarohatlarida;
  • otorinolaringologiyada(LOR) — bodomsimon bezlarni olib tashlashda;
  • kosmetologiyada — inyeksiya, iplarni oʻrnatishda, lazer yordamidagi davoda;
  • umumiy anesteziyaga qarshi koʻrsatmasi bor shaxslarda;
  • poliklinika sharoitida kichik jarrohlik aralashuvlarida.

Regionar anesteziya quyidagi holatlarda qoʻllaniladi:

  • akusherlik va ginekologiyada — tugʻruq paytida, kesarcha kesishda;
  • travmatologiyada — shikastlangan a’zodagi ogʻriqni bartaraf etishda;
  • operatsiyadan keyingi ogʻriqni kamaytirish uchun;
  • surunkali bel ogʻrigʻini davolashda.

Umumiy anesteziya esa quyidagilarda qoʻllaniladi:

  • jarrohlikda;
  • barcha travmatik, murakkab va uzoq davom etadigan operatsiyalarda;
  • qorin va koʻkrak boʻshligʻi a’zolari, tos a’zolari va qorin orti boʻshligʻida oʻtqaziladigan keng koʻlamli jarrohliklarda (boʻshliq operatsiyalari).

Anesteziya haqida koʻproq ma’lumot olish uchun "Anesteziya nima" maqolasini oʻqing.

Oldingi Keyingi

Average Rating: (0 reviews)

Leave Your Feedback

Recent Reviews