Anesteziya bu nima?
Anesteziya – turli dorilar ta’sirida sezuvchanlik, shu jumladan ogʻriq hissini vaqtinchalik yoʻqotishdir. Bu operatsiya va muolajalarni ogʻriqsiz oʻtkazish imkonini beradi.
Anesteziyaning bir necha turlari mavjud:
- Mahalliy. Tananing kichik qismini ogʻriqsizlantirish imkonini beradi. Misol uchun, tish shifokori kabinetida boʻlganingizda, tishingizga plomba oʻrnatishdan oldin shifokor sizga mahalliy ogʻriqsizlantiruvchi vosita qoʻllaydi. Natijada siz yuzingiz yoki jagʻingizning ma’lum bir qismida sezuvchanlikni yoʻqotasiz.
- Regionar turi tananing kattaroq maydonini, ya’ni ma’lum bir hududni ogʻriqsizlantiradi. Anesteziya paytida bemor hushida boʻladi, ammo ogʻriqni sezmaydi. Misol uchun, bu turdagi anesteziya koʻpincha kesarcha kesishda yoki tugʻruq paytida qoʻllaniladi. Bunda, tananing pastki yarmi, shu jumladan qorin ham, ogʻriqqa sezgirligini yoʻqotadi.
- Umumiy anesteziya yoki narkoz – juda chuqur uyqu boʻlib, maxsus preparatlar yordamida sun’iy ravishda chaqiriladi. Ong va butun tanada ogʻriq sezuvchanligi oʻchiriladi. Umumiy anesteziya maxsus tayyorgarlik koʻrgan shifokor – anesteziolog tomonidan amalga oshiriladi. U operatsiya davomida bemor ogʻriqni his qilmayotganligini va organizm hayotiy funksiyalarining (nafas olish va qon aylanishi) ishlashini nazorat qilib turadi.
Dorilarga boʻlgan allergiya haqida ham unutmaslik lozim. Agar, ilgari sizda anesteziya vositalariga nisbatan allergiya kuzatilgan boʻlsa, xavfsiz va ishonarli anesteziyaga almashtirish uchun bu haqida shifokorga murojaat qilish lozim.